“Amir Temur jangovar bayrogʻi” Paxtachida tantanali kutib olindi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan tasis etilgan “Amir Temur jangovar bayrogʻi” Markaziy harbiy okrugiga topshirilgan edi. Bugun ushbu jangovar bayroq Markaziy harbiy okrug hududida boʻlgan Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida harbiylar va tuman sektor rahbarlari hamda yoshlar ishtirokida tantanali kutib olindi.

Davlatimiz rahbari ham aynan ushbu bayroqni topshirish jarayonida ham har bir oʻgʻil-qiz uchun gʻurur va iftixor bagʻishlashini ta’kidlab, buyuk ajdodlarimiz kabi mard va jasur boʻlishga undashini aytib oʻtgan edi. Paxtachi tumaniga kirib kelgan jangovar bayroq tuman aholisi va yoshlariga namoyish etildi.

Tadbirda soʻz olganlar jangovar bayroqning qudrati, ahamiyati va uning zamirida yotgan mehnatning samarasi yod etilib, yoshlarni shu yurtning tinchligi va ravnaqi yoʻlida doimo dahldor boʻlishlariga undashdi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, “Harbiy-jangovar salohiyat va yuksak ma’naviy salohiyat O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylanishi zarur”. Zero, “Bilagi zo‘r – birni yengar, ongi va yuragi zo‘r esa – mingni”, deganlaridek, o‘sib kelayotgan yosh avlodni nafaqat mard va jasur, balki bilimli va tadbirkor qilib tarbiyalash ham oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir.

Jangovor bayroq, qo‘shni Navoiy viloyatiga kuzatib qo‘yildi.

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM