PAXTA YETISHTIRUVCHI XO‘JALIKLAR DIQQATIGA !

Paxtachi tumanda 2023 yilda urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tuman hokimliklari tomonidan ixtisoslashtirilgan  (Sh.Nazarov, A.Allayorov, Q.Rajabov MMTP) hududlarida tanlov asosida uzoq muddatga urug‘chilik xo‘jaliklari o‘rtasida 05.02.2023 yilda tanlov o‘tkaziladi.

Tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan ariza;
  2. Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan tilxat;
  3. Tuman Qishloq xo‘jaligi Yer resurslari bo‘limi ma’lumotnomasi;
  4. Fermer xo‘jaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma
  5. Irrigatsiya tizimi boshqarmasi ma’lumotnomasi
  6. Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tuman bo‘limlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma
  7. Fermer xo‘jaligi rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (dimlom nusxasi)
  8. Fermer xo‘jaligi rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar)
  9. Fermer xo‘jaligida ishlayotgan urug‘chi hosilotning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi va mehnat daftarchasi)
  10. Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma
  11. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyaning tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda texpasport nusxasi
  12. Kontraktatsiya shartnomasining bajarilishi bo‘yicha paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan berilgan ma’lumotnoma
  13. So‘ngi 3 yil ichidagi paxta hosildorligi bo‘yicha paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan berilgan ma’lumotnoma

Tuman hokimliklari taklifiga asosan urug‘chilikka ixtisoslashtiriladigan hududlardagi qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida urug‘chilik xo‘jaliklarini tanlov asosida uzoq muddatga tanlanishini, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
12 oktyabrdagi 641-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan 2023 yilning
15 yanvardan 2023 yilning 5 fevralgacha
tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga 2 (ikki) nusxada taqdim etishlari lozim.

Tanlov tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida 2023 yil Febral oyining birinchi o‘n kunligida belgilangan grafik asosida tanlov komissiyasi ishtirokida o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun manzil: “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM Samarqand viloyati boshqarmasi. Murojaat uchun telefon:
(66)-234-07-66, 90-601-01-55.  

Image_elon: 
jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm
2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM