Matbuot anjumani

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mavzu: Maktabgacha ta'lim tizimida bolajonlar uchun ijodkorligini ro'yobga chiqarishda amalga oshirilayotgan ishlar

Paxtachi tumanimiz hududida oxirgi yillarda tuman Maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 213 taga yetib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar soni 10308 nafar tashkil etmoqda. Qamrov foizi 79.4% foizga ko'tarildi.
Oxirgi 3 yillar davomida tumanda tashkil etilgan 2 ta Davlat xususiy sherikchilik asosidagi va 168 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hozirgi kunda jami 4083 nafar 3-7 yoshli bolalar tarbiyalanmoqda.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutilgan. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan. Tumanda bugungi kunda 27 ta boshlang‘ich  ta’limga bir yillik majburiy tayyorlash guruhlari faoliyat yuritib kelmoqda.Bundan tashqari tuman pedagogika kollejida va tumandagi 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlash guruhlari uchun quvvati 120 o‘rinli 4 ta xona ajratilib, 120 nafar 6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olingan.
Hozirgi kunda tumanimizdagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 529 nafar pedagog xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda shundan 127 nafari oliy ma’lumotli, 59 nafari tugallanmagan oliy ma’lumotli va 343 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar hisoblanadi. Bundan tashqari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarimizda jami 229 nafar pedagoglar shundan 37 nafari oliy ma’lumotli,12 nafar tugallanmagan oliy ma’lumotlilar va 180 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar hisoblanadi.
O‘tgan o‘quv yilidan faqat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini sonini ko‘paytirish balki tashkilotlardagi ta’lim-tarbiya sifatini oshirish borasida bir qator keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirildi.
Bunga misol sifatida quyidagilarni ko’rish mumkin, tarbiyachilar, ota-onalar va bolajonlarning faolligini oshirish maqsadida tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari o’rtasida “Ijodkor tarbiyachi”, "Yil tarbiyachisi", “Iste’dodli bolajon” va ”Ertakchi bolajon”, nominasiyalari, hamda   “Besh tashabbus - zo‘r imkoniyat”, “Vatan mening nigohimda” mavzularida ko‘rik tanlovlar tashkil etilib o‘tkazib kelinmoqda va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari hamda tarbiyalanuvchilarini jodkorligini nomoyon qilishga xizmat qilib kelmoqda.
 “Yozgi sog‘lomlashtirishni tashkil etish”mavzusida o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi. Bundan tashqari Paxtachi pedagogika kolleji bilan hamkorlikda yosh avlodni sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash maqsadida ko‘plab tadbirlar, sport musobaqalari,  seminar va davra suhbatlari ham o‘tkazilib kelindi.
Samarqand viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan Samarqand mahorat maktabi kanali orqali o‘quv yili davomida maktabgacha ta’lim tashkilot pedagog xodimlari uchun samarali ko‘rsatma va tavsiyalar berib kelinmoqda. Shu bilan birga Paxtachi tuman Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari tomonidan tashkil etilgan mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, tadbirlar va ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etib kelindi.
Yil davomida  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tasdiqlangan rejaga muvofiq ommaviy bayram tadbirlari o‘tkazildi. 
Jumladan: 6-yanvar kuni Paxtachi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 32-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida   “Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda innavatsion” va “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritilishi” mavzularida bahs va munozara  tarzida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda  tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi “Ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va metodik  xizmatni   tashkil etish shu’ba” mudirlari,  tajribali  maktabgacha  ta’lim tashkilotlari  direktorlari, metodistlari, tarbiyachilari o‘zlarining ta’lim sifatini oshirishdagi innovatsion g‘oyalari va takliflari bilan ishtirok etishdi. Seminar trening savol-javoblar tarzida bahs – munozaraga boy bo‘ldi. Seminar treningni mahorat maktabi a’zolari ZOOM daturi orqali o’tkazishdi.
14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” , 30-yanvar kuni Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tavallud kuni, 9-fevral kuni kuni Alisher Navoiy tavalludining 579-yilligi, 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” hamda , 9-may-“Xotira va qadrlash kuni”, 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”  bag‘ishlangan bayram tadbirlari tashkil etildi.
Tumandagi   7-son MTTda 2022 yilning  fevral  oyida MTB tomonidan berilgan didaktik materiallardan samarali foydalanish mavzusida tuman seminari o‘tkazildi.
Joriy yilning 14-mart kuni  Paxtachi tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 7-DMTTda Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan berilgan o‘quv-metodik  qo‘llanmalar va didaktik materiallardan to‘g‘ri va unumli foydalanish  bo‘yicha  amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda tumandagi   Maktabgacha ta'lim  bo‘limi ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va metodik xizmatni tashkil etish  shu‘ba mudiri va tashkilot direktorlari, metodistlari ishtirok etdi.


O‘quv-seminarda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim  tashkilotlari pedagog xodimlari, rivojlantiruvchi o‘yinlar, o‘yinchoqlar,  o‘quv metodik qo‘llanmalarning tarbiyalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan joylarda (Markaz faoliyati uchun) joylashtirish va ulardan davlat dasturining bajarilishida maqsadli foydalanilish yo‘llari o‘rgatildi.
Paxtachi tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tashabbusi bilan 12-aprel kuni 4-sonli DMTTda “Zaminda tinchlik  bizning qo‘limizda” rasmlar tanlovi tashkil etildi.

 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida  tarbiyalanuvchilari ishtirokida 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida "Yosh rassomlar" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Ushbu ko‘rik tanlovda barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan  tarbiyalanuvchilar faol  ishtirok etib ular "Mening sevimli ertagim", “Zamin mening nigohimda” mavzusi asosida rasm chizishdi. Tuman va viloyat bosqichida o‘rin olgan tarbiyalanuvchilar esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan rag‘batlantirildi.


2022-yil 15-aprel Paxtachi tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 7-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan maktabga tayyorlov guruhlari uchun tayyorlangan "Hi kids!" nomli o‘quv dasturi kitobining taqdimoti va mazkur o‘quv-dasturi asosidagi amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
           2022-yil 12-aprel kuni Paxtachi  tuman maktabgacha ta’lim  bo‘limi tasarrufidagi 26-sonli davlat maktabgacha ta’lim  tashkilotida  bo‘lib o‘tgan navbatdagi "Zukkolar davrasida" bellashuvida 14- va 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari berlashdilar. Musobaqada 14-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti jamoasi ğolib deb topildi faol ishtirok etgan ijodkor g‘olib tarbiyachilar va  tarbiyalanuvchilar  bo‘lim mudiri  tomonidan  ragʼbatlantirildi.


2022-yil 25-aprel kuni Maktabgacha ta’lim bo‘limi tashabbusi bilan pedagoglarni ijodkorligi va bilim samaradorligini oshirishga qaratilgan “Ijodkor tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda tumandagi 14-,11-,28-,29-,31-,32-davlat maktabgacha ta’lim  tashkilotlari  tarbiyachilari ishtirok etishdi. Ko‘rik tanlovda faol ishtirok etgan pedagoglar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.


2022-yil 31-may kuni 1-yun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Paxtachi tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan bolalarning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida “Velomarafon” tashkil etildi. Barcha Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faol ishtirok etishdi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi "Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4954-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 22-iyun kuni  tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Shaxmat" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.  Musobaqaning  tuman bosqichi  18- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etildi.  Musobaqa g‘oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


Beshta muhim  tashabbuslarning ikkinchi yo‘nalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligini alohida takidlash joiz.Bola ongi rivojlanishi jarayonida ayniqsa, ularni sportga, san’atga, til o‘rganishga, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan,  Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus  doirasida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida jajji bolajonlar hamda tarbiyachilari ishtirokida sportning turli yunalishlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.  Tadbirda faol ishtirok etgan musobaqa ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
 Joriy yilning 14-iyul kuni  tumandagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida  “Yozgi sog‘lomlashtirishni tashkil etish” mavzusida o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda  tumanmaktabgacha ta’lim bo‘limi ta’lim sifatini t’aminlash va metodik xizmatni tashkil etish shu‘ba mudiri, metodisti, bo‘lim tasarrufidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti metodist, tarbiyachilari ishtirok etishdi. Yozgi sog‘lomlashtirishning asosiy maqsadlari tòğrisida ma'ruza hamda amaliy mashğulotlar bilan metodik tushuntirishlar berildi, Seminar qizg‘in savol-javob va bahs munozaralar asosida o‘tkazildi.
2022-yil 10-iyun kuni Paxtachi tuman hokimligi tomonidan Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida 5000 qadam yurish tadbirida 450 nafar  davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari faol ishtirok etishdi.

Tumandagi  7 -son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagog xodimlar uchun ish hujjatlarini yuritish mavzusida seminar tashkil etildi. O‘quv yili davomida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʼlim metodistlari tomonidan seminar treninglar muntazam ravishda olib borildi. Ushbu seminarlarda tashkilot pedagoglarining bilim va malakasi muntazam ravishda oshirib bordi. Seminarlar boʼlim rejasiga asosan pedagog xodimlarning metod kunlarida tashkil etildi.
2022-yil  6-iyun kuni 25-sonli DMTTda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi ta’lim sifatini t’aminlash va metodik xizmatni tashkil etish sho‘ba mudiri va metodistlari tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 470-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” ning 2-bob, 12-bandiga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotining ichki va tashqi baholash jarayonlarini sifatli o‘tkazilishi yuzasidan o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarga tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.Seminar qizg‘in savol-javob va bahs munozalalar asosida o‘tkazildi.
2022 yil 3-avgust kuni 26-sonli DMTTda kuni Maktabgacha taʼlim boʻlimida  taʼlim sifati shuʻbasi va maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ishtirokida " Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kuzatuv kengashi faoliyatini tashkil etish" toʻgʻrisida amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
2022-yil 15-avgust kunlari tumandagi 7-son Davlat mktabgacha ta’lim tashkilotida metodistlar, psixologlar, musiqa rahbarlari, jismoniy tarbiya yo‘riqchilari, til o‘qituvchilari va tarbiyachilarga Maktabgacha ta’lim vazirining 2019-yil 30-avgustdagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘i asosida  amaliy seminar tashkil etildi. Seminardan so‘ng  joriy yilning iyul oyida tumandagi 15 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga ish hujjatlarini yuritish  yuzasidan joyida metodik yordamlar tashkil etildi.
Joriy yilda tumandagi  Mirkan MFYda 44-sonli DMTT, hamda Chorgo’sha MFYda 2-sonli DMTT yangi zamonaviy tipdagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshladi.
Maktabgacha ta’lim tizimi sifatini oshirish maqsadida barcha maktabgach ta’lim tashkilotlarga shu‘ba bo‘limi tomonidan turli tavsiya va metodik ko‘mak berib kelinmoqda. Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish hamda yozgi sog‘lomlashtirish oylarida bolajonlarning kunlarini yanada qiziqarli va foydali bo‘lishi shu bilan birga tarbiyalanuvchilarning aqlan chiniqishi uchun barcha maktabgach ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari turli seminar va treninglar tashkil etildi.


     2022-yil 6-noyabr  kuni Viloyat mahorat maktabi ekspertlari tomonidan 44-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ilk qadam ” o’quv dasturi asosida seminar- trining bo’lib o’tdi. Semenarga barcha maktabgacha ta’lim tashkiloti metodist va tarbiyachilari ishtirok etishdi.O’zlarinini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
      2022-yil  noyabr oyida 5-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tumandagi barcha MTT lar ishtirokida “Hosil bayrami” keng ko’lamda o’tkazildi. Tadbirda tarbiyachi va pedagoglar kuz faslining nozu-nematlaridan ajoyob ko’rgazmalar yasashib , o’zlarining  karvin sa’natini namayon etishdilar. Jumladan 14-29-32-sonli DMTTlarda «Hosil bayrami» tarbiyalanuvchilar ishtirokida ko’tarinki ruhda o’tkazildi.  
2022-yil 20-27 dekabr kunlari DMTT larida “Yangi yil” bayram tadbirlari nishonlandi. Tadbirni ko’tarinki  kayfiyatda  nishonlash maqsadida tarbiyachi va pedagoglar ertak qahramonlari, Qorbobo, qorqiz obrazlarini yaratib bolajonlarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishlashdilar bolajonlarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishlashdilar.

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM