Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi yetmish oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

2022-yilning 13-dekabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi yetmish oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 25 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 4 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani tuman hokimi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 28-Urg‘uch saylov okrugidan saylangan deputat K.Berdiyarov bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada15 ta masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya tumanda faoliyat koʻrsatayotgan sudlar tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudining raisi J.Botirov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi raisi T.Qurbanov va Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Y.Norbekovlar axborotini eshitish bilan boshlandi va yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish ishlarini “Sektor - mahalla - maktab” tamoyili asosida tashkil etish choralarini ko‘rishi ta’kidlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘lgan tumanda mahalliy budjet daromadlari “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning hisoboti tinglandi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Sessiya “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risidagi qaror loyihasini tasdiqlash bilan davom etdi. Bunda 4 ta sektor rahbarlari takliflari yuzasidan 64 ta oila “Temir daftar”dan chiqarilishi ma’qullandi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala bo‘lgan tumanda investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha tuman hokimining oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi B.Ergashovning hisoboti muhokama qilindi va tasdiqlandi.

Sessiyada tumanda “Ayollar daftari”da turgan 2 539 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish toʻgʻrisida tuman hokimining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi v.b. I.Jurakulovaninghisobotimuhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi. Hisobot davomida xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish va yangilarini o‘z vaqtida kiritish bo‘yicha sektor rahbarlari va tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan tuman Kengashi sessiyasiga takliflar kiritib borish vazifalari yuklatildi.

Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish, obodonlashtirish va kommunal sohada xizmatlarni rivojlantirish toʻgʻrisida tuman Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi H.Sanaqulovning hisoboti tinglandi va bir ovozdan tasdiqlandi. Sessiya davomida tuman Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i H.Sanaqulovga ko‘p qavatli uy-joy binolarini 2022/2023-yillar kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash hamda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni (avariyalarni) tezkor bartaraf etish maqsadida tuman hududida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish vazifasi topshirildi.

Sessiya yoshlar faoliyati bilan bogʻliq sohalarda uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi E.Sanaqulovning hisobotini eshitish va muhokama qilish bilan davom etdi. Deputatlar tomonidan tumanda yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibotni tashkil etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish tavsiya etildi.

Kun tartibidagi sakkizinchi masala mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik subyektlari bilan aholi oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish hamda aholiga ajratiladigan kreditlar toʻgʻrisida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi direktori X.Omonovning hisoboti eshitildi va tasdiqlandi. Kengash raisi tomonidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari(V.Hakimov), tuman hokimining o‘rinbosari (B.Ergashev)lar tijorat bank tuman filiallari bilan birgalikda “Og‘ir” mahallalarga biriktirilgan “Yetakchi” tadbirkorlik subyektlarining haqiqiy talabidan kelib chiqqan holda ajratilayotgan resurslarni nazoratga olishi ta’kidlandi.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori M.Xoʻjayarovning hisoboti ma’qullandi va deputatlar tomonidan yoʻl-transport hodisalari sabablarini chuqur oʻrganish, yoʻllarning xavfli avariya uchastkalari roʻyxatini tasdiqlash orqali kelgusida ularning oldini olish boʻyicha Xalq deputatlari tuman Kengashiga takliflar kiritib borish aytib o‘tildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala ya’nitumanda chorvachilik sohasida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi D.Raximovning hisoboti eshitildi va qaror loyihasi tasdiqlandi. Hisobotda tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi (D.Raximov), viloyat hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakilligi yetakchi mutaxassisi (X.Rajabova)lar birgalikda 2022-yilda chorvachilik sohasida amalga oshirilgan loyihalar hamda 2023-yilda chorvachilik sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar to‘g‘risida navbatdagi sessiyada hisobot berishi tavsiya etildi.

Sessiya tumanda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish va ularning faoliyatini takomillashtirish, belgilangan loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash borasida olib borilgan ishlar toʻgʻrisida tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi B.Urinovning hisobotini eshitish bilan davom etdi. Bunda dehqon xo‘jalik rahbarlariga ajratilgan yer maydonlarining tuproq sharoiti, yer ball boniteti, suv bilan ta’minlanganlik darajasi, hudud aholisining tajribasidan kelib chiqqan holda Bir hudud-bir mahsulottamoyili asosida mahsulot yetishtirishga asosiy e’tibor qaratilyotgani aytib o‘tildi.

Kun tartibidagi o‘n ikkinchi masala Xalq deputatlari Paxtachi tuman kengashining “Davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 25-dekabrdagi qarorining ijrosi toʻgʻrisida Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhining raisi I.Sanayevning axboroti eshitildi va tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Gʻapparov o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab mas’uliyatsizlik qilganligi ko‘rsatib o‘tildi.

So‘ngra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Xaqnazarovning 2022-yil 21-noyabrdagi 181-xq/22-sonli “Hokim yordamchilari faoliyati toʻgʻrisida”gi axborotida koʻrsatilgan murojaatlarni qayta oʻrganish yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya raisi I.Mansurovning hisoboti tinglandi va tasdiqlandi. Hisobotda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari X.Omonov va “Mojor” mahallasi hokim yordamchisi O.Boboyorovlarning faoliyati o‘rganilishi va kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirish berilishi aytib o‘tildi.

Kun tartibidagi o‘n to‘rtinchi masala yuzasidan deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etish to‘g‘risida17-“Mirkan” saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashining deputati Toshev Akram Bobamuradovichni deputatning daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish rad etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi tasdiqlandi.

Sessiya yakunida Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 31-dekabrdagi VI-50-116-7-102-K/21-sonli “Paxtachi tumanining 2022-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi va tasdiqlandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM