Bugun 24-noyabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi yetmish beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 23 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 6 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani tuman hokimiM.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 12-Obodonsaylov okrugidan saylangan deputat J.Qurbonovbir ovozdan saylandi.
Shundanso‘ngdeputatlarsessiyakuntartibinima’qulladi. Sessiyada9 ta masala ko‘ribchiqildi.
Sessiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Haqnazarovning 2022-yil 21-noyabrdagi 181-xq/22-sonli axborotinieshitish bilan boshlandi. Bunda “Hokimyordamchilarifaoliyatito‘g‘risida”giaxborotidakeltiribo‘tilganvajlardoimiykomissiya (I.Mansurov) tomonidano‘rganibchiqilib, navbatdagisessiyadaxalqdeputatlaritumanKengashiningSud-huquqmasalalarivakorrupsiyagaqarshikurashishbo‘yichadoimiykomissiyasiraisiI.Mansurovtomonidanhisobotberilishita’kidlab o‘tildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘lgan 2022-yilgi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining oʻrinbosari Sh.Musirmanovning hisoboti tinglandi.Hisobot yakunida ma’ruzachiga deputatlar tomonidan savollar berildi va hisobot muhokama qilindi.
Sessiya tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini taʼminlash hamda ularga munosib turmush sharoitlari yaratish masalalari yuzasidantuman hokimining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi I.Jurakulovaning hisobotiqaror loyihasini tasdiqlash bilan davom etdi. Hisobotda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish maqsadida 3-bosqich 1-toifa “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar”ni bandligini taʼminlash maqsadida 237 nafar xotin-qizlarga asbob-uskunalar ajratilganligi aytib o‘tildi.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala bo‘lgan tumanda Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish boʻyicha tuman hokimligi Devonxona mudiri B.Qarshiyevning hisobotimuhokama qilindi. Qaror loyihasida murojaatlarning ko‘rib chiqilishida muddat buzilishiga yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlar bilan tushuntirish ishlarini olib borib, ularni lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rilishi haqida rasman ogohlantirish choralarini ko‘rish vazifalari yuklatildi.
Sessiyadatumanimizda axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, aholining internet tarmoqlaridan erkin va tezkorlik bilan foydalanishiga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi toʻgʻrisida tuman Telekommunikatsiya bogʻlamasi boshligʻi E.Boboyevning batafsil hisobot berdi. Bunda xorijiy va mahalliy investitsiyalar kiritish orqali aloqa tarmoqlarini qurish ishlari olib borilayotganligi aytib oʻtildi.
Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida tuman hokimligi Ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi Z.Shonazarovning hisobotimuhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi. Hisobotda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali tumanga yuborilgan topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha kunlik tizimli nazoratni amalga oshirilganligi ta’kidlab oʻtildi.
So‘ngra tumanda 2022-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan tuman Davlat Soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Turg‘unovning hisobotitinglandi va deputatlar tomonidan tuman tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi bilan birgalikda xizmatlar sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda aholini kasbga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish soʻraldi.
Sessiya “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidatuman hokimining birinchi oʻrinbosari V.Hakimovning hisobotini eshitish va muhokama qilish bilan davom etdi.
Sessiya yakunida Suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risidatuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G‘.Absanovning hisoboti eshitildi va qaror loyihasi tasdiqlandi. Sessiyada tuman Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i F.Nomozovgatik quduqlarning nasoslarini ta’mirlash va xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish yuklatildi.