Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi yetmish to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

Bugun 10-noyabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi yetmish to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 22 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 7 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani tuman hokimiM.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 23-Zarafshonsaylov okrugidan saylangan deputat Sh.Mustafoyevbir ovozdan saylandi.

Shundanso‘ngdeputatlarsessiyakuntartibinima’qulladi. Sessiyada8 ta masala ko‘ribchiqildi.

Sessiya tumanda elektr-energiyadan qarzdorlikni kamaytirish hamda kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr-energiyasi bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman hokimioʻrinbosari Sh.Musirmanovninghisobotinieshitish bilan boshlandi. Bunda Kengash raisi tomonidan tumanElektrta’minotikorxonasi (F.To‘raqulov), tumanGazta’minotboʻlimi (E.Ismoilov) dispetcherlikxizmatlaridauzluksiznavbatchiliknitashkiletib, harkunlikmaʼlumotlarnitumanhokimligigataqdimetibborishita’kidlab otildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘lgan Yashil makon” umummilliy loyihasi boʻyicha tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimioʻrinbosari Sh.Musirmanovning hisoboti tinglandi vatumanIchkiishlarbo‘limi (M.Axmedov), Milliygvardiyatumanbo‘limi, tumanEkologiyavaatrof-muhitnimuhofazaqilishinspeksiyasi(X.Maxsiddinov) tumandagibarchahududlarniqamraboladigan “Mobil ekopatrullar” faoliyatiniyo‘lgaqo‘yishi toʻgʻrisidama’lumotlarberib oʻtildi.

Sessiya tuman mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qoʻshimcha rezervlarni aniqlash boʻyicha qilingan ishlari, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda toʻlanganligi hamda ular boʻyicha soliq qarzdorligi toʻgʻrisida tuman Davlat Soliq inspeksiyasi boshligʻi A.Turgʻunovning hisobotiqaror loyihasini tasdiqlash bilan davom etdi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala bo‘lgan 2022-yil 9 oy davomida reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati toʻgʻrisida tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi U.Suvanovning hisobotimuhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi. Hisobotda “Ayollar maslahatxonasi bo‘limi”da imtiyozli toifaga kiruvchi davlat budjeti mablag‘lari hisobiga akusherlik va ginekologiya bo‘yicha ixtisoslashgan yordamga muhtoj bo‘lgan bemorlar ro‘yxatini shakllantirib borilayotgani va ularni ixtisoslashgan markazlarga yo‘naltirilayotgani aytib oʻtildi.

Sessiyadatumanda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori B.Azizovning hisobotieshitildi va ma’qullandi. Sessiyadahar oy yakuni bilan sohaviy yo‘nalishlar kesimida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot kiritib borish lozimligi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidandeputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish toʻgʻrisida ya’ni 24 - “Do‘ng” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashining deputati Eshpulatova Gulshodani deputatning daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berildi va qaror loyihasi tasdiqlandi.

So‘ngra tuman mahalliy budjetining 2022-yil III chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortigʻi bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidatuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning taklifi eshitildi va bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.

Sessiya yakunida tumanda mahalliy budjet daromadlari “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidatuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning hisoboti tinglandi, muhokama qilindi va qaror loyihasi tasdiqlandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM