Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi yetmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

Bugun 27-oktabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi yetmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 23 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 6 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani tuman hokimiM.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 27-Naymansaylov okrugidan saylangan deputat F.Berdiyarovbir ovozdan saylandi.

Shundanso‘ngdeputatlarsessiyakuntartibinima’qulladi. Sessiyada12 ta masala ko‘ribchiqildi.

Sessiya tuman mahalliy budjetining 2022 yil III chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidatuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning hisobotinieshitish bilan boshlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5116-sonli qarorini ijrosini ta’minlash to‘g‘risidatuman hokimining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi I.Jurakulovaning hisoboti tinglandi va deputatlar tomonidan “Ayollar daftari” ga kiritilgan va kasb-hunarga oʻqish, hunarmandchilik oʻrganish istagida boʻlgan ayollarni kasbga oʻqitish hamda ayollarni ishga joylashtirish boʻyicha tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish tavsiyalari berildi.

Sessiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Haqnazarovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilish holati to‘g‘risidagi axborotiqaror loyihasini tasdiqlash bilan davom etdi. Bunda Kengash raisi tomonidan har oyda bu yo‘nalishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida tuman hokimligiga axborot berib borish aytib otildi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala bo‘lgan tuman hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlashto‘g‘risida tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari D.Napasovning hisobotimuhokama qilindi va tasdiqlandi.Hisobotda xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 9-apreldagi "Tuman hokimining 2022-yil 11-martdagi “Tuman hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi 81-7-102-Q/22-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida"gi VI-59-60-7-102-K/22-sonli qarori oz kuchini yoqotgan deb hisoblanishi belgilab olindi.

Sessiyada Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi raisi T.Kurbanovning 2022-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida axborotimuhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi. Ma’ruzachi kelgusida hududdagi “Ayollar, voyaga yetmaganlar, yoshlar” jinoyatchiligini doimiy ravishda tahlil qilib, tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan birgalikda ushbu jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha hamkorlikdagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligini e’tirof etdi.

Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidatuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovninghisoboti tinglandi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Sessiya tumandagi tijorat banklari (ATB “Agrobank”, ATB “Mikrokreditbank”, AT “Xalq banki”) tuman filiallari rahbarlarining tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarieshitildi va muhokama qilish bilan davom etdi. Deputatlar tomonidan tijorat banklari boshqaruvchilariga imtiyozli kreditlar ajratilgan loyihalarning to‘liq ishga tushirilishi hamda kelgusida ushbu loyihalarning samarali ishlashi bo‘yicha “Loyihabay” monitoringni yo‘lga qo‘yib, nazorat olib borish choralarini ko‘rish tavsiya etildi.

Kun tartibidagi sakkizinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 654-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i U.Bobomurodovning hisobotieshitildi va tasdiqlandi. Hisobotda har bir oila tomonidan bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun ariza topshirish va “Yagona reyestr” ATga kiritish bir oyda bir marta amalga oshirilishi tushuntirilib otildi.

Sessiyada2022-yil 9 oy davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Shermatovning hisoboti ma’qullandi va bunda 2023-yilning I chorak yakuniga qadar mahallalar ichki ko‘chalarining simyog‘ochlari ta’mirlanib, tungi yoritgichlarni to‘liq o‘rnatish choralari korilishi aytib otildi.

Kun tartibidagi o‘ninchi masala tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Axmedovning huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati bo‘yicha 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi va tuman Ichki ishlar bo‘limi (M.Axmedov) va tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (G.Bobonazarova)ga aholi istiqomat qilish hududlarda “Mahallabay”, “Xonadonbay” ishlash tizimini joriy etish hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining va mas’ul xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirish vazifasi yuklatildi.

So‘ngra tumanda 2022-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidatuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning hisoboti tinglandi va tasdiqlandi. Hisobotda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xizmatlar sohasini muhim drayverga aylantirib, 2023-yilga qadar xizmatlar hajmini ikki barobarga oshirish ishlari olib borilyotganligi ta’kidlandi.

Sessiya yakunida 2022-yil IV chorak tuman mahalliy budjetining xarajatlari yoyilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasi bir ovozdan qo‘llab quvvatlandi va tasdiqlandi.

2015-2023 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM