Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi yetmish ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

Bugun 12-oktabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi yetmish ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 22 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 7 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani tuman hokimi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 14-Gulobodsaylov okrugidan saylangan deputat I.Mansurov bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada7 ta masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya tumanning 2022-yil 4-chorak mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda koʻpaytirish toʻgʻrisida tuman hokimligi Moliya boʻlimi mudiri U.Arnaqulovning maʼruzasini eshitish bilan boshlandi. Bunda Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ko‘kalamzorlashtirish hududlariga sug‘orish tizimlarini va suv chiqarish quduqlarini tashkil etish bo‘yicha budjet ssudasi hisobidan ajratilgan mablag‘larini qoplash manbasi tuman mahalliy budjetining 2022-yil 4-chorak daromadlari va xarajatlarini 220 million so‘mga Samarqand viloyati Moliya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda oshirish hisobiga amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘lgan tumandagi qabriston nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi va tasdiqlandi. Qaror loyihasida Paxtachi tumanidagi Davlat reyestri bazasiga kiritilmaganligi aniqlangan qabristonlarning nomlari ozgartirilganligi aytib otildi.

Sessiya tuman Adliya boʻlimi boshligʻining tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axboroti qarori loyihasini tasdiqlash bilan davom etdi. Axborotda normativ-huquqiy tusdagi qarorlar loyihalari Adliya bo‘limi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart ekanligiga alohida e’tibor berish kerakligi ta’kidlandi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala bo‘lgan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman Gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi E.Ismoilovning hisoboti muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi. Deputatlar tomonidan aholi xonadonlariga tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini bir me’yorda yetkazib borishni ta’minlash zarurligi tushuntitib oʻtildi.

Soʻngra tumanning ichimlik suv taʼminotining bugungi holati va amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha “Samarqand suv taʼminoti” MCHJ Paxtachi tumani filiali rahbari F.Berdiyarovning hisoboti muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi. Shuningdek, “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ tuman filiali rahbari (F.Berdiyarov)ga “Obod qishloq” davlat dasturi asosida mahallalarda ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash hamda dasturda keltirilgan vazifalarni ijrosini o‘z vaqtida amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan ya’ni tuman prokuraturasi tomonidan hududda qonun ustuvorligi, jinoyatchilikning oldini olish va jazo muqarrarligini taʼminlash hamda qonunchilikni mustahkamlash borasida 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori Adliya maslahatchisi Gʻ.Abdurahmonovning axboroti tinglandi va tuman prokurori Gʻ.Abdurahmonov tuman hududida jinoyatchilikka, ayniqsa, korrupsiya va poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik kabi jinoyatlarga va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko‘rinishlariga qarshi kurashish borasida keng jamoatchilik bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar o‘tkazib borishga chorladi.

Sessiya yakunida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidatuman hokimining birinchi orinbosari V.Hakimovning  hisoboti tinglandi va muhokama qilindi.

2015-2023 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM