Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

Bugun 27-sentabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 23 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 6 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani tuman hokimiM.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 21-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat D.Davronov bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 8 ta masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning hisobotini eshitish bilan boshlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘lgan tuman mahalliy budjetining 2022-yil xarajatlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida tuman hokimligi Moliya boʻlimi mudiri U.Arnaqulovning maʼruzasi tinglandi. U.Arnaqulov tuman mahalliy budjetining 2022-yilgi xarajatlari rejalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish boʻyicha gapirib oʻtdi.

Sessiya tumanda 2022-yil 2-mavsum yakuni bilan jamoatchilik fikri asosida gʻolib deb topilgan loyihalar toʻgʻrisida tuman Moliya boʻlimi mudiri U.Arnaqulovning maʼruzasi qaror loyihasini tasdiqlash bilan davom etdi. Bunda 2022-yil 2-mavsum yakuni bilan jamoatchilik fikri asosida 10 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala bo‘lgan tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini taʼminlash hamda ularga munosib turmush sharoitlari yaratish masalalari yuzasidan tuman hokimining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi I.Juraqulovaning hisoboti muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi. Hisobotda 2022–2023-yillarda xotin-qizlarning kichik biznes loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratilishi toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi.

Sessiyada yoshlar muammolarini hal etishga koʻmaklashish, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A.Qoʻldashovning hisoboti eshitildi va ma’qullandi. Deputatlar tomonidan “Temir daftar”da qolgan oilalarning ishlash layoqati mavjud bo‘lgan ishsiz farzandlarini va “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning bandligini ta’minlash hamda 2022-yilda xatlov natijasida aniqlangan ishsiz yoshlarni “Yoshlar daftari”ga kiritib, bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish tavsiya etildi.

Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan ya’ni tumanda 2022-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari V.Hakimovning hisoboti muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

So‘ngra deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish toʻgʻrisida ya’ni 16-“Amir Temur” saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashining deputati Mirzayev Shavkat Kenjayevichni deputatning daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berilishi tasdiqlandi.

Sessiya yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Xaqnazarovning 2022-yil 6-sentabrdagi 146-xq/22-sonli axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Axborotda quyidagi hokim yordamchilari “Gulshan” mahallasidan Sh.Saparov, “Yobu” mahallasidan O.Xaydarov, “Mirzo Olim” mahallasidan B.Eshmurodov,“Shamsnazar” mahallasidan F.Sharipov, “Ukrash” mahallasidan A.Allayarov, “Istiqlol” mahallasidan B.Tilavov, “Mirzo Ulugʻbek” mahallasidan Z.Pardayev, “Boʻston” mahallasidan M.Yuldoshev va “Toshkoʻprik” mahallasidan A.Hasanovlar har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ishlarni tizimli tashkil etib, amalga oshirayotgan ijobiy ishlarini inobatga olib tashakkurnomalar bilan taqdirlanishi aytib otildi.

2015-2023 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM