Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi yetmishinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

Bugun 8-sentabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi yetmishinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 24 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 5 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani tuman hokimi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 25-Xumor saylov okrugidan saylangan deputat S.G‘afforova bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 8 ta masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya tumanda faoliyat koʻrsatayotgan sudlarning 2022-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Jinoyatishlaribo‘yichaPaxtachitumanisudiningraisiJ.BotirovvaKattaqo‘rg‘ontumanlararoiqtisodiysudiraisiY.Norbekovlarningaxborotinieshitish bilan boshlandi.Axborotda“Himoyaorderi” berilganoilalardaxotin-qizlarningtazyiqvazo‘ravonlikkauchrashiningoldiniolishbo‘yichaprofilaktiktadbirlarnikuchaytirilayotganita’kidlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘lgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidatuman Sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i J.Rajabovning hisoboti tinglandi. Hisobot yakunidaoilaviy jamoalar o‘rtasida “Sog‘lom oila - Yangi O‘zbekiston tayanchi” shiori ostida uch bosqichli sport musobaqalarini o‘tkazish belgilab olindi.

Sessiya tuman mahalliy budjetiga ajratilgan mablagʻlardan iqtisod qilingan mablagʻlarni manzilli yoʻnaltirish toʻgʻrisidatoʻgʻrisidatuman hokimligi Moliya boʻlimiboshligʻi U.Arnaqulovning taklifiqaror loyihasini tasdiqlash bilan davom etdi. Bunda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2022-yil 27-iyundagi “Viloyat mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi VI-66-136-7-0-K/22-sonli qaroriga asosan tumandagi “Yoshlar markazi” binosining qurilishi uchun ajratilgan mablag‘lardan iqtisod qilingan 130,0 mln so‘m mablag‘ tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida Burqut, Toma, Yobu mahalla fuqarolar yig‘inlariga ichimlik suvi tortish uchun qurilish materiallari sotib olish uchun yo‘naltirilishi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala bo‘lgan tuman mahalliy budjetining 2022-yil II chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortigʻi bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablagʻlardan amalga oshiriladigan tadbirlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni ajratish toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning taklifi muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Sessiyada “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidatuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning hisoboti tinglandi hamda ma’ruzachi va deputatlar oʻrtasida qizgʻin muhokamalar boʻlib oʻtdi.

Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan ya’ni suv resurslarini boshqarish, suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, tumanda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish holati toʻgʻrisida tuman Irrigatsiya boʻlimi boshligʻi F.Nomozovning hisobotimuhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi. Hisobotda suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha xususiy yoki davlat-xususiy sherikchilik asosida servis va dillerlik markazlarini tashkil etish choralari ko‘rilayotganligi ta’kidlandi.

So‘ngra tumanda tez tibbiy va shoshilinch yordam boʻlimida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tez tibbiy yordam koʻrsatish xizmati sifatini yaxshilash toʻgʻrisidatuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Suvanovning hisobotitinglandi va deputatlar tomonidanmahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari, patronaj hamshiralar va boshqa mutasaddilar bilan birgalikda mahallalarda “Sog‘lom ona va bola – millat tayanchi”, “Salomatlik – tuman boylik” kabi mavzularda davra suhbatlarini muntazam o‘tkazib borish tavsiya etildi.

Sessiya yakunida mahallalarda aholining kundalik muammolari bilan ishlash, nuroniy va keksalarning oilalarini mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari anʼanalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, olis qishloqlarda keksa avlod vakillariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilish yuzasidan olib borilgan ishlartoʻgʻrisida tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i G.Bobonazarovaning hisoboti ma’qullandi. Hisobotda mahallalarda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish haqida aytib o‘tildi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM