Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq oltmish beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2022-yilning 28-iyun kuni tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi oltmish beshinchisessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 22 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 7 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani tuman hokimi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 15-Hayit Elbegisaylov okrugidan saylangan deputat S.Abdullayeva bir ovozdan saylandi.
Shundan so‘ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada13 ta masala ko‘ribchiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masalabo‘lgantumandagi 133 ta oilani “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risidagitaklifmuhokamaqilindivama’qullandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o’rinbosari V.Hakimovning hisoboti tinglandi.
Sessiyadatumanning ichimlik suv ta’minotining bugungi holati va amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Paxtachi tumani filiali rahbari Z.Yavkachevning hisoboti eshitildi vahududlardagi ta’mirtalab suv quvurlarini o‘rganib chiqish va ko‘rilgan choralar bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorakda ma’lumot taqdim etib borish vazifasi yuklatildi.
Kun tartibidagi navbatdagi masalatumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, 2022-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning hisoboti qo‘llab-quvvatlandi.
Kun tartibidagi beshinchi masala 4-sektor rahbari A.Turg‘unovning murojaatlar ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi va murojaatlarning tizimli nazoratini amalga oshirish maqsadida, tashkilot rahbari tomonidan murojaatni ijrochiga yo‘naltirishda har bir murojaat uchun nazorat varaqalari yuritilishini ta’minlash tavsiya etildi.
So‘ngra Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil II yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlandi va xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalariga xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi ish rejasining bajarilishi Kengash sessiyalarida, sessiyalar oralig‘ida esa doimiy komissiyalar majlislarida muhokama qilib borish tavsiya etildi.
Kun tartibidagi yettinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-iyundagi “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5198-sonli qarorini ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Suvanovning hisoboti tinglandi va “Oltin soat” tamoyili asosida qo‘shma shikastlanishlar hamda o‘tkir qon-tomir kasalliklari bilan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish vazifasi yuklandi.
So‘ngra tumanda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri v.v.b. A.Nosirovning hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan 2022-2023-o‘quv yilidan ta’lim muassasalarida o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ulushini kamaytirish taklifi berildi.
Kun tartibidagi to‘qqizinchi masala hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari natijalarini muhokama qilish yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning hisoboti keyingi oyning 15-sanasiga ma’lumbo‘lishi sababli navbatdagi sessiyada muhokama qilinishi belgilansin.
Navbatdagi masala tuman budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risidagi taklif muhokama qilindi va bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
So‘ngra tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash hamda ularga munosib turmush sharoitlari yaratish masalalari yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i v.b. I.Juraqulovaning hisoboti tinglandi. Bunda “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan 3-bosqich “Ayollar daftari”ning3 nafar ehtiyojmand xotin-qizlariga ijara kompensatsiyalarini to‘lash uchun mablag‘ ajratildi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish yuzasidan vasiylik Kengashining tarkibi tasdiqlab olindi.
Sessiya yakunida jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi uchun tuman mahalliy budjeti parametrlarida rejalashtirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman hokimligi Moliya bo‘limi mudiri U.Arnaqulovning hisoboti tinglandi va bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.