Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq oltmish to‘rtinchi  sessiyasi

 

Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq oltmish to‘rtinchi  sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

2022-yilning 09-iyun kuni tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi oltmish to‘rtinchisessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 22 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 7 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiriR.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 13-Mirzo Salimiy saylov okrugidan saylangan deputat G.Bobonazarova bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada7 ta masala ko‘ribchiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masalabo‘lgan“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning hisoboti tinglandi. Bunda “Temir daftar”da bo‘lgan yoki ehtiyojmand oila a’zolariga 20 kgdan un tarqatilishi aytib o‘tildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidantumandagi 100 ta oilani “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida, ya’ni sektor rahbarlarining takliflariga asosan 100 ta oila ( 463 nafar oila a’zolari) “Temir daftar”ga kiritilishi yuzasidan muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyatumanda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri v.v.b. A.Nosirovning hisoboti sessiyaga uzrli sabablarga ko‘ra kelolmaganligi sababli navbatdagi oltmish beshinchi sessiyaga belgilandi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan sudlarning 2022-yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudining raisi v.b. B.Axmedov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi raisi T.Qurbanov va Kattaqo‘rg‘on tumanlararo Iqtisodiy sudi raisi Y.Norbekovlarning axboroti tinglandi.

Kun tartibidagi beshinchi masaladeputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish to‘g‘risida, ya’ni 27-“Nayman” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashining deputati Berdiyarov Faxriddin Kamolovichni deputatning daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berildi.

So‘ngra tumanda 2022-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning hisoboti muhokama qilinidi. Bunda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xizmatlar sohasini muhim drayverga aylantirish va 2023-yilga qadar xizmatlar hajmini ikki barobarga oshirish ishlari belgilab olindi.

Sessiya yakunida tuman mahalliy budjetining 2022-yil 1-chorak davomida daromadlar prognoz rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish taklifi ma’qullandi.

2015-2023 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM