Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq oltmish uchinchi  sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

26-may kuni tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi oltmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 24 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 5 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash raisi M.Hamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 11- Mojar saylov okrugidan saylangan deputat Shuxrat Arziqulov bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 11 ta masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala bo‘lgan “Tumanda tez tibbiy va shoshilinch yordam bo‘limida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati sifatini yaxshilash to‘g‘risida” tuman markaziy shifoxona bosh vrachi U.Suvonov hisobot berdi. U.Suvonov tez yordam bo‘limidagi sharoitlar va muammolar haqida batafsil gapirdi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i E.Ismoilovning hisoboti tinglandi. E.Ismoilov “Aqlli hisoblagich”larni o‘rnatish tartibi haqidagi qo‘shimcha savollarga javob berdi.

Sessiya tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida investitsiyalarning o‘zlashtirilishi, yangi ish o‘rinlarini yaratish, investitsiya loyihalarining ishga tushirilishi hamda eksport hajmi bo‘yicha 2022-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i B.Ergashevning hisobotini muhokama qilish bilan davom etdi. B.Ergashevga yaratilgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berish taklifi berildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala “Mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish, mahalliy budjet daromadlarini oshirish bo‘yicha tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri U.Arnaqulovning hisoboti bo‘ldi.

Kun tartibidagi beshinchi masala “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi haqida hisobot eshitildi va muhokama qilindi.

Sessiya tuman mahalliy budjetining 2022-yil 1-chorak davomida daromadlar prognoz rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalani muhokama qilish bilan davom etdi.

So‘ngra tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Kun tartibidagi sakkizinchi masala tuman hokimining 2022-yil 18-maydagi “Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida”gi 177-7-102-Q/22-son qarorini tasdiqlandi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi hisobot tinglandi va tegishli qaror qabul qilindi.

Kun tartibidagi o‘ninchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Xaqnazarovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilish holati to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘ygan sektor xodimlari ogohlantirildi va navbatdagi sessiyaga fuqarolarning murojaatlari yuzasidan hisobot berishi ta’kidlab o‘tildi va qaror qabul qilindi.

Sessiya yakunida “Ayollar daftari”da turgan boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam ajratish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2023 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM