Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltmish ikkinchi sessiyasi

 

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltmish ikkinchi sessiyasi kun tartibida

1. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

2. Yoshlar muammolarini hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari A.Quldashovning hisoboti.

3. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 11-apreldagi VI-59-70-7-102-K/22-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i v.v.b I.Juraqulovaning hisoboti.

4. Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida.

5. Suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida tuman Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i F.Nomozovning hisoboti.

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning taklifini eshitib, xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish ikkinchi sessiyasi

Q A R O R  Q I L A D I:

1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

- Mirkan mahallasida yashovchi fuqaro Bobojonov Sardornig oilaviy sharoitini inobatga olib Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan qo‘l jangi bo‘yicha jahon kubogiga borib kelish xarajatlari uchun 1 000 000,0 (bir million) so‘m

- Istiqbol mahallasida yashovchi fuqaro Tuxtamurodov Islomning oilaviy sharoti og‘irligi sababli uy-joyini qurish uchun 7 000 000,0 (yetti million) so‘m.

- Boltali mahallasida yashovchi fuqaro II-guruh nogironi Qorayev Uktamning oilaviy ahvoli og‘irligi sababli oyog‘ida protez qo‘yish uchun 7 000 000,0 (yetti million) so‘m.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1- yanvardagi “Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 0-30 yoshdagi yoshlarda so‘rovnomalar o‘tkazish uchun 30 000 dona so‘rovnoma qog‘ozlarini chiqarish uchun 3 000 000,0 (uch million) so‘m.

- Taraqqiyot mahallasida yashovchi fuqaro Turdiyeva Barnoning oilaviy sharoitini inobatga olib sog‘ligini tiklash uchun 1 000 000,0 (bir million) so‘m.

- “Temir daftar” ro‘yxatida to‘rgan 60 ta oilalarga 1500 dona tovuq olish uchun 67 500 000,0 (oltmish yetti million besh yuz ming) so‘m.

Jami 86 500 000,0 (sakson olti million besh yuz ming) so‘m mablag‘ ajratilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Kenjayev) va tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (V.Hakimov) zimmalariga yuklatilsin.

 

Yoshlar muammolarini hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari A.Quldashovning hisoboti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari A.Quldashovning hisobotini eshitib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish ikkinchi sessiyasi

Q A R O R  Q I L A D I:

1. Yoshlar muammolarini hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari A.Quldashovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin

2. Tuman hokimining o‘rinbosari (A.Quldashov), tuman Yoshlar ishlari agentligi, tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda:

- tumandagi maktab bitiruvchilari va yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini kengaytirish bo‘yicha zarur choralarni ishlab chiqish;

- yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, ular uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, yoshlar o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash;

- yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;

- yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda yoshlar o‘rtasida milliy sport turlarini ommalashtirish;

- iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

- “Temir daftari”da qolgan oilalarning ishlash layoqati mavjud bo‘lgan ishsiz farzandlarini va “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning bandligini ta’minlash hamda 2022-yilda xatlov natijasida aniqlangan ishsiz yoshlarni “Yoshlar daftari”ga kiritib bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish;

- yoshlar muammolarini hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish yuzasidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlari inobatga olinsin va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha rejali ishlarni amalga oshirish vazifalari topshirilsin.

3. Tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari (A.Husanov) va “Paxtachi” gazetasi (S.Qurbonov)ga mazkur qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish хalq deputatlari tuman Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (A.Chorshayev), Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (S.Abdullayeva) va tuman hokimining o‘rinbosari (A.Quldashov) zimmalariga yuklatilsin

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 11-apreldagi VI-59-70-7-102-K/22-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i v.v.b I.Juraqulovaning hisoboti

Tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash hamda ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish masalalari yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i v.v.b I.Juraqulovaning taklifini eshitib, xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish ikkinchi sessiyasi

Q A R O R   Q I L A D I:

1. Tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash hamda ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish masalalari yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i v.v.b I.Juraqulovaning taklifi ma’qullansin.

2. Tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i v.v.b I.Juraqulovaning taklifiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 11-apreldagi “Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 25-martdagi “Xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 18-fevraldagi “Tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash hamda ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish masalalari yuzasidan tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Burxonovaning hisoboti to‘g‘risida”gi VI-54-31-7-102-K/22-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi VI-58-56-7-102-K/22-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i v.v.b I.Juraqulovaning qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida VI-59-70-7-102-K/22-sonli qarorining 2-ilovasiga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

3. Tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i v.v.b I.Juraqulova, tuman hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi tashkilotlar bilan birga:

- “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish;

- xotin-qizlarni hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik kabi ixtisoslikka jalb etish bo‘yicha hududiy nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan birgalikda innovatsion loyihalarni amalga oshirish;

- kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan ayollarning “Mehnat bozorida yuqori bo‘lgan sohalar bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish markazi”da o‘qishini tashkil etib borish;

- xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish va yangilarini o‘z vaqtida kiritish bo‘yicha sektor rahbarlari va tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan tuman Kengashi sessiyasiga takliflar kiritib borish vazifalari yuklansin.

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (S.Abdullayeva) va tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i v.v.b (I.Juraqulova) zimmalariga yuklatilsin.

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish hamda bu boradagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 27-apreldagi 01-22/2-12/966-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish ikkinchi sessiyasi

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalar bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi topshiriqlari maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiyaning tarkibi
2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Tumani hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, komissiya raisi o‘rinbosari (I.Jurakulova)ga:

- bir hafta muddatda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiya faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida komissiya aʼzolari bilan birgalikda komissiyaning 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqib amaliyotga tadbiq etsin.

5. Tuman hokimligi Axborot xizmati (A.Husanov) va “Paxtachi” gazetasi (S.Qurbonov)larga komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (S.Abdullayeva) va tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i (I.Juraqulova) zimmalariga yuklatilsin.

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi huzuridagi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiyaning (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Komissiya a’zolari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.

3. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi qarorlari, mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari

4. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

- xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;

- xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, gender tenglik va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish hamda monitoring qilish;

- davlat boshqaruvida xotin-qizlar faolligini oshirish, mahalliy davlat boshqaruvi organlari xodimlari orasida xotin-qizlarning ulushini oshirish, rahbarlik lavozimlariga tumandagi iqtidorli va faol xotin-qizlar nomzodlarini ilgari surishga ko‘maklashish, tavsiyalar berish;

- mahalliy shart-sharoit va imkoniyatlardan kelib chiqqan xolda, xotin-qizlar, oila, gender tenglik masalalari bo‘yicha hududiy dasturlar, “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;

- xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish gender tenglik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish.

5. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:

- davlat organlari va idoralaridan zarur bo‘lgan axborotlar, statistika va boshqa materiallarni belgilangan tartibda olish;

- xotin-qizlar, oila, gender tenglik masalalari bo‘yicha joylarda o‘rganishlar, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, tadqiqotlar olib borish maqsadida mutaxassislar hamda ekspertlarni jalb etgan holda ishchi guruhlar tuzish;

- o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun konferensiyalar, forumlar, ko‘rik-tanlovlar, aksiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

- kelib tushgan murojaatlar, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan masalalar yuzasidan o‘rganishlar olib borish, natijalari bo‘yicha munosabat bildirish;

- o‘z faoliyatini, majlislarda muhokama qilinadigan masalalarni yoritish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish.

Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

6. Komissiya o‘z faoliyatini amalga oshirish doirasida quyidagi majburiyatlarga ega:

- qonun hujjatlari hamda mazkur Nizom talablariga rioya etish;

- davlat organlari va idoralaridan olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan bo‘lsa, maxfiyligiga rioya qilish.

Komissiya o‘z zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham oladi.

3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi

7. Komissiyaga tuman hokimi raislik qiladi.

8. Komissiya raisi:

- faoliyatga umumiy rahbarlik qiladi;

- majlislarni chaqiradi va raislik qiladi;

- ish rejani, majlis bayonnomalari va qarorlarini hamda boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;

- qarorlar ijrosini nazorat qiladi;

- Komissiya a’zolarini mahallalarga hamda zimmasiga yuklatilgan vazifalar mazmun-mohiyatidan kelib chiqib tegishli yo‘nalishlarga biriktiradi;

- Komissiya a’zolari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;

- qarorlarni bajarish masalalari yuzasidan mahalliy davlat boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

- Komissiyaning samarali faoliyat olib borishi uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

9. Komissiya raisi o‘rnida bo‘lmagan taqdirda, uning o‘rinbosari vazifasini bajaradi.

10. Komissiya raisining o‘rinbosari:

- rais yo‘qligida Komissiya majlislarida raislik qiladi;

- Komissiya qarorlarining ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

- fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek Komissiya faoliyatiga taalluqli murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

- Komissiyaning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

11. Komissiyaning kotibi:

- Komissiyaning faoliyatini uslubiy, tashkiliy-huquqiy va tashkiliy texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi;

- Komissiya majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, tumandagi davlat organlari va idoralaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab oladi;

- kun tartibiga muvofiq Komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;

- Komissiyaning tadbirlari o‘tkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar ro‘yxatini Komissiya raisi bilan kelishadi;

- Komissiya a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni Komissiya majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;

- Komissiya qarorlarining ijro etilishi ustidan monitoring olib boradi va uning natijalarini Komissiya majlisida ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;

- Komissiya majlislari bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarning Komissiya a’zolari hamda manfaatdor idora va tashkilotlarga yuborilishini ta’minlaydi;

- Komissiyaning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa choralarni amalga oshiradi.

12. Komissiya a’zolari majlislarda ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda o‘z vakolatini boshqalarga o‘tkazish huquqiga ega emas.

Komissiya a’zolari majlisda ishtirok etish imkoni bo‘lmagan hollarda, majlis kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z fikrini yozma shaklda yuborishi mumkin. Bunda uning fikri majlisda ko‘rib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi.

13. Komissiya majlisi uning ish rejasi asosida har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Komissiya raisining tashabbusi, shuningdek komissiya a’zolarining uchdan bir qismining yozma murojaati asosida uning navbatdan tashqari majlisi chaqirilishi mumkin.

14. Komissiya majlislariga davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin.

15. Komissiya majlisi kun tartibining loyihasi Komissiya raisi va a’zolarining takliflari asosida Komissiya kotibi tomonidan shakllantiriladi.

16. Komissiya majlisi, agar unda Komissiya a’zolarining kamida yarimi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.

17. Komissiya qarori majlisda ishtirok etayotgan Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.

18. Komissiyaning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘zining fikrini yozma shaklda ifodalashga haqli.

19. Komissiya majlisida qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

20. Komissiya majlisi bayonnomasi Komissiya kotibi tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch ish kunida Komissiya a’zolariga va manfaatdor idora va tashkilotlarga yuboriladi.

21. Komissiya raislari har chorak yakunida yuqori turuvchi Komissiyaga o‘z faoliyati to‘g‘risida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflardan iborat tahliliy axborot kiritib boradi.

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

22. Komissiya faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

23. Komissiya faoliyatiga uslubiy jihatdan ko‘maklashish, uning faoliyatini muvofiqlashtirib borish Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan ta’minlanadi.

24. Ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Komissiya qarori bilan kiritiladi.

 

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiyaning

T A R K I B I

 

1.

M.Xamdamov

-tuman hokimi-komissiya raisi

2.

I.Jurakulova

-tumani hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i- komissiya raisi o‘rinbosari

Komissiya a’zolari

3.

S.Abdullayeva

-xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

4.

D.Xusanov

-tuman Adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi

5.

U.Suvanov

-tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i

6.

M.Rashedova

-tuman Xalq ta’limi bo‘limi psixologi

7.

Lavozimiga ko‘ra

-tuman Madaniyat bo‘limi boshlig‘i

8.

I.Mingboyev

-tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktor o‘rinbosari

9.

F.Razzaqov

-tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

10.

I.Mardonov

-tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

11.

O.Bo‘riyev

-tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

12.

I.Azimov

-tuman prokurori yordamchisi

13.

U.Arnaqulov

-tuman hokimligi Moliya bo‘limi mudiri

14.

P.Abdullayev

-Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi

15.

A.Arziqulov

-ATB “Xalq banki” tuman filiali boshqaruvchisi

Komissiya mas’ul kotibi

16.

Z.Allayorova

-tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi

Suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida tuman Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i F.Nomozovning hisoboti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4486-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i F.Nomozovning hisobotini eshitib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish ikkinchi sessiyasi

1. Suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek, tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida tuman Irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i F.Nomozovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (G‘.Absanov), tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi (F.Razzaqov) va tuman Irrigatsiya bo‘limi (F.Nomozov) bilan birgalikda;

- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yеtishtiruvchilari kesimida manzilli dasturlar ishlab chiqish;

- suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha xususiy yoki davlat-xususiy sherikchilik asosida servis va dillerlik markazlarini tashkil etish choralarini ko‘rish;

- o‘tgan yillarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan yеr maydonlarida foydalanilgan bir yillik tomizgichli shlanglarni utilizatsiya qilish yuzasidan choralar ko‘rish;

- suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qiluvchi fermer xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning takliflarini belgilangan tartibda o‘rganib chiqish va xulosalar berish;

- suv va elektr energiya ta’minoti hamda talabgorning moliyaviy holatini tahlil qilgan holda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatilsin.

- 2022-yilda suvdan samarali foydalanish va suv resurslarini tejab ishlatish hisobiga iqtisod qilinadigan suv miqdorlari prognoz ko‘rsatkichlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.

3. Tuman Irrigatsiya bo‘limi (F.Nomozov) tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etilgan maydonlarda sho‘r yuvishning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda aniq takliflar kiritilishi inobatga olinsin.

4. “O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo‘limi (Gʻ.Qurbonov)ga suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv iste’molchilari tomonidan noqonuniy suv olish holatlari yuzasidan qat’iy choralar ko‘rish vazifasi yuklatilsin.

5. Tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari (A.Husanov) va “Paxtachi” gazetasi (S.Qurbonov)ga tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi (B.Ergashev) tuman hokimining o‘rinbosari (G‘.Absanov) zimmalariga yuklatilsin.

 

Xalq deputatlari Paxtachi

tuman Kengashi raisi                                                   M.Xamdamov

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM