Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq oltmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

27-aprel kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi oltmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyaga 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 25 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 4 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani tuman hokimi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 6-Sardoba saylov okrugidan saylangan deputat B.Egamberdiyev bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 11 ta masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi dastlabki masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.X.Xaqnazarovning 2022-yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi to‘g‘risidagi axboroti muhokama qilindi va tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan fuqarolarning murojaatiga tushuntirish berish bilan chegaralanmaslik, muammolarni joyida yoki o‘rnatilgan tartibda hal etish choralarini ko‘rish va masalalarni murojaatchining shaxsan ishtirokida ko‘rib chiqishni inobatga olish ta’kidlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida taklifi eshitildi va bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi. Bunda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oilaviy sharoiti og‘ir, “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi va kam ta’minlangan o‘qish kontrakt to‘lovi bor fuqarolar uchun jami 75 970 627,0 (yetmish besh million to'qqiz yuz yetmish ming olti yuz yigirma yetti) so‘m mablag‘ ajratildi.

Kun tartibidagi keyingi masala, “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risidagi, ya’ni 242 ta oilaning chiqarilishi yuzasidan sektor rahbarlarining taklifi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi tortinchi masala, tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Musirmanovning “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamda viloyat hokimining 2022-yil 6-apreldagi 03-01/536-sonli chora-tadbirlar rejasini ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi va o‘n besh kun muddatda tumandagi barcha hududlarni qamrab oladigan “mobil eko patrullar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish tasdiqlandi.

Songra tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Musirmanovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “2022-2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-172-sonli qarorining ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi oltinchi masala, tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i v.b. I.Jurakulovaning “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi va tasdiqlandi.

Kun tartibidagi yettinchi masala, Bolalar masalalari bo‘yicha Paxtachi tumani Milliy komissiyasi sho‘ba mudiri D.Nomozovning 2022-yilda I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti hisoboti eshitildi va bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Sessiya davomida bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish borasida takliflar berildi.

Kun tartibidagi sakkizinchi masala, tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori B.Azizovning tumanda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi va ma’qullandi. Hisobot yuzasidan deputatlar yaratilgan ish orinlari haqida qoshimcha ma’lumot berish taklifini berdi.

Kun tartibidagi toqqizinchi masala, tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Sh.Qodirovaning bo‘lim tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2022-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi va tasdiqlandi.

Kun tartibidagi oninchi masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmonning ijrosini ta’minlash, ya’ni oila institutini mustahkamlash bo‘yicha “Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tadbiq etish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi qaror loyihasi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi songgi masala tuman mahalliy budjetining 2022-yil 1-chorak davomida daromadlar prognoz rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman Moliya bo‘limi mudiri U.Arnaqulovning taklifi tasdiqlandi va sessiya yakuniga yetdi.

 

2015-2023 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM