2022-yilning 14-aprel kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi oltmishinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyaga 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 24 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 5 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani Kengash kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 5- Koʻrpa saylov okrugidan saylangan deputat Egamberdiyeva Shaxrigul Abdurashidovna bir ovozdan saylandi.
Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 5 ta masala koʻrib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar” hamda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga mablagʻ ajratish toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari V. Hakimovning hisoboti eshitildi va muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala boʻlgan tuman mahalliy byudjetining 2022 yil 1 chorak davomida daromadlar prognoz rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi tuman hokimining birinchi oʻrinbosari V.Hakimovning hisoboti va taklifini tinglash va muhokama qilish bilan davom etdi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari V.Hakimovning tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlari hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida hisobot berdi. Hisobot yuzasidan deputatlar yaratilgan ish oʻrinlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berish taklifini berdi.
Sessiya kun tartibidagi toʻrtinchi masalani muhokama qilish bilan Tuman mahalliy byudjetining 2022-yil 1 chorak davomida daromadlar prognoz rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi tasdiqlandi.
Kun tartibidagi beshinchi masala tumandagi 1 ta oilani “Temir daftar”ga kiritish toʻgʻrisidagi 4-sektor rahbari A.Turgʻunovning taklifi eshitildi. Yaʼni “Qarnabota” mahallasida yashovchi fuqaro Toshniyozova Dildora Abdullayevnaning oilaviy sharoiti ogʻirligi sasabli “Temir daftar”ga kiritish taklifi berildi.Ushbu taklif yuzasidan ham qaror qabul qilindi.