
Assalomu alaykum, munis va muhtarama onaxonlar!
Qadrli opa-singillar!
Sizlarni, sadoqat, mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi nozik tuygʻular timsoli bo‘lgan barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz va dilbar qizlarimizni ezgulik va goʻzallik bayrami 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman!
Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik va osoyishtalik, fayzu baraka tilayman. Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodu-xurramlik hech qachon arimasin!
Bayramingiz muborak boʻlsin!
Hurmat bilan,
tuman hokimi M.Xamdamov