Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq ellik uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
2022-yilning 04-fevral kuni tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi ellik uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyada 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 24 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko’ra 5 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o’rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani Kengash raisi M.Hamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 12-Obodon saylov okrugidan saylangan deputat J.Qurbonov bir ovozdan saylandi.
Shundan so’ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 8 ta masala ko’rib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala, ya’ni, tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan sudlar tomonidan 2021-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala, ya’ni, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari natijalarini muhokama qilish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi uchinchi masala, ya’ni, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning taklifi ma’qullandi.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6275-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan bolalar masalalari bo‘yicha Paxtachi tumani Milliy komissiyasi sho‘ba mudiri D.Nomozovning hisoboti tinglandi.
D.Nomozovga xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Magripova “Mehr daftari” haqida ma’lumot berishini va tumanda “Mehr daftari”da necha nafar voyaga yetmaganlar kiritilganligi haqida so’radi. Hisobot beruvchi D.Nomozov atroflicha javob berdi.
Kun tartibidagi beshinchi masala, ya’ni, Majburiy ijro byurosi Paxtachi tuman bo‘limi faoliyatining 2021-yil 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi oltinchi masala, ya’ni, tuman hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Kun tartibidagi yettinchi masala, ya’ni, tuman Moliya bo‘limi mudiri U.Arnaqulovning tuman mahalliy budjetining 2022-yil yanvar holatiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qulandi.
Kun tartibidagi sakkizinchi masala, ya’ni, tumanning ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolariga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha kafilliklar berish va muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorliklarni qoplash bo‘yicha “Xalqparvar” komissiyasi raisi G.Bobonazarovaning taklifi ma’qullandi.