Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq ellik ikkinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
2022-yilning 25-yanvar kuni tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi ellik ikkinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyada 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 25 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko’ra 4 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o’rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani Kengash raisi M.Hamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 24-Do’ng saylov okrugidan saylangan deputat G.Eshpulatova bir ovozdan saylandi.
Shundan so’ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 8 ta masala ko’rib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala, tuman Adliya bo‘limi faoliyatining 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Z.Safarovning axboroti tinglandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala, tumandagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish Qabulxonasi tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida I.Mardanovning hisoboti tinglandi.
Sessiya tuman budjetining 2021-yil yakuni bo‘yicha shakllangan erkin qoldiq, “Ayollar daftari” va “Temir daftar” jamg‘armasi hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan foydalanish to‘g‘risidagi taklifini ma’qullash bilan davom etdi.
So’ngra kun tartibidagi to’rtinchi masala, ya’ni, tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazilishi to‘g‘risida Paxtachi tumani “Gaz ta’minoti” bo‘limi boshlig‘i E.Ismoilovning hisoboti tinglandi. E.Ismoilov o’z nutqida qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha qo’lbola isitish tizimlaridan foydalanmaslik to’g’risida aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib borishda deputatlardan yordam so’radi.
Kun tartibidagi beshinchi masala, Paxtachi tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash hamda ularga munosib turmush sharoitlari yaratish masalalari yuzasidan tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Burxonovaning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi oltinchi masala, tumandagi 41-umumta’lim maktabiga direktorlikka tavsiya etilgan nomzodni 3 yillik istiqbolli rejasi eshitildi va nomzodga ta’lim sifatini oshirish bo’yicha qanday rejalari borligi so’raldi. Nomzod barcha savollarga javob berdi, Kengash raisi tomonidan nomzod ovozga qo’yildi va 25 nafar deputatlar qo’llab-quvvatlashdi.
Kun tartibidagi yettinchi masala, ya’ni, xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisini tayinlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Kun tartibidagi sakkizinchi masala, ya’ni, Safarova Sevil Ne’matillayevna tug‘ruq ta’tilidan qaytguncha, Ochilov Behro‘z Ikromjonovichning xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi vazifasiga vaqtincha tayinlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Kun tartibidagi to’qqizinchi masala, ya’ni, 29- " Jona" saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashining deputati Chorshayev Abdinazar Raxmatovich deputatning daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to'g'risidagi taklifi ma'qullandi.