"Ziyo ulash"
Paxtachi tuman adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi binosida ham "Ziyo ulash" loyihasi doirasida kutubxona burchagi tashkil etildi.
Ushbu loyiha orqali fuqarolar va adliya organlari xodimlarining kitob mutolaa qilish imkoniyatlari mavjud.
Ushbu loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad Davlat xizmatlari markazlarida kutubxona burchagi tashkil etish, bu orqali fuqarolar va adliya organlari xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish, buni ragʻbatlantirib borishdan iborat.
Bugun Turon fanlar akademiyasi akademigi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Sanayev Ismat Sanayevich tuman Davlat xizmatlari markaziga o'z kitoblaridan sovg'a qildi.