insurez
16-09-2025 15:43

Yoshlar bandligini ta'minlash bo'yicha tanqidiy tahliliy muhokama bo'lib o'tdi


Paxtachi tumani hokimligida yoshlar sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025 yildagi ustuvor vazifalarning ushbu davrgacha ijrosi bo'yicha tanqidiy muhokama bo'lib o'tdi.
Unda Paxtachi tumani hokimi Qayum Xushbaqov va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Tumanda yil boshida “Yoshlar balansi”ga kiritilgan yoshlarning 351 nafari ishsiz edi.
Davlat Rahbari topshiriqlariga muvofiq, bu yoshlar tuman tashkilotlarining 15 nafar rahbarlariga nomma-nom biriktirilib, ularning bandligini ta’minlashda ko'maklashishga  kelishilgan edi.


O‘tgan 8 oyda ishsiz yoshlarning 334  nafari (95 foizi)ning bandligi ta’minlanganligi bo‘yicha viloyat shtabiga hisobot berilgan.
Biroq, o‘rganshlar natijasida hozirgi kunda 17 nafar yoshlar bandligi ta’minlanmaganligi  ma’lum bo‘ldi.
Misol uchun, Burqut, Hunarmand, Mirzo Nodim, Istiqlol, Quvondiq, Ko‘rpa, Guliston, Amir Temur, Bog‘oloni, Shamsnazar mahallalarida 1 nafardan Fay, Yangiobod mahallalarida 2 nafardan Tadbirkor mahallasida 3 nafar yoshlar bandligi ta’minlanmagan.
Shuningdek, tumanda yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha  1 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan yoshlarni bandligini ta’minlashda orqada qolmoqda.


Ushbularni inobatga olib, yoshlarni bandligini ta'minlashda tadbirkorlikka jalb qilish, kasb, til o'rganish hamda maktablar va texnikumlar, oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni tizimli yo'lga qo'yish belgilab olindi.

Teglar
- -