Yetmish yillik baxtli oila
Paxtachi tumani Gulobod mahallasida istiqomat qiluvchi Tursunov Rizaqul bobo va Tursunova Norbegim ayalar sal ikki kam yetmish yildan beri birga turmushda baxtli yashab kelmoqda. Ikki o’g’il, ikki qizni tarbiyalab el xizmatiga quygan Rizaqul va Norbegim momo hozirda qarilik gashtini surib O’zbekistonning eng baxtli oilalaridan biri bo'lib hayot kechirmoqda.
Paxtachi tumani Nuroniylar jamg'armasi va Gulobod mahalla faxriylari Tursunovlar oilasida bo'lib, ulardan hol ahvol so'radilar. Respublika Nuroniylar jamg'armasi raisining pul mukofotini topshirishdi.
Davlatimizning bu kabi e'tirof va e'tibori uchun rahmat aytib, duolar qilishdi.