27-02-2025 08:35
Yaxshi niyatlar bilan birinchi ish kuni boshlandi
Bugun 27-fevral kuni ish kuni avvalida Paxtachi tumanining yangi hokimi Xushbaqov Qayum Norbekovich nuroniy oqsoqollar hamda faxriylar ishtirokida Qur'on tilovat qilib yaxshi niyatlar bilan ish boshladi.
Muborak Ramazon oyi boshlanishi arafasida jonliq qurbonlik keltirildi. Yaratgandan yurt tinchligi, xalq faravonligi, dehqonchilikka baraka tilab ezgu niyatlar bildirishdi.