insurez
12-02-2025 08:00

Yangi bog'cha ochilish arafasida


Paxtachi tumani Suluvqurg'on mahallasida yangi zamonaviy bolalar bog'chasi qad rostladi.
Ushbu maktabgacha ta'lim tashkiloti tez orada foydalanishga topshirilish arafasida.
Bugun Paxtachi tumani hokimi M.Xamdamov va Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig'i Shahzod Eshonqulovlar ushbu yangi qurilgan bog'cha bilan tanishdilar. Ochilish oldi bajariladigan ishlar bo'yicha mutasaddilarga tegishli ko'rsatma va topshriqlarni berishdi.

Teglar
- -