Xodimning vaqtincha vazifalarni bajarishi nima?
Xodimning vaqtincha vazifalarni bajarishi nima?
Har bir korxonada vaqti-vaqti bilan ishda bo`lmagan xodim ishini vaqtincha bajarish kerak bo`ladigan vaziyat yuzaga keladi.
Mehnat qonunchiligida vazifalarni bajarish uning 3 ta asosiy turi mavjud: o’rindoshlik, bir necha kasbda ishlash va vaqtincha boshqa ishga o`tkazish.
O’rindoshlik asosida ishlash- xodim o’zining asosiy ishini bajarishdan tashqari,asosiy ishdan bo’sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to`lanadigan ishni bajarishi. (O’rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to’g’risidagi Nizomning 2-bandi, Vazirlar Mahkamasining 18.10.2012 yil 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan.) O’rindoshlikning ikki turi mavjud: tashqi- bir necha ish beruvchi bilan ishlash; ichki- bitta ish beruvchi bilan o’rindoshlik asosida ishlash.
Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganda, ish hajmi ko‘payganda xodimning asosiy lavozimdagi ish haqiga quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lov belgilanadi va to‘lanadi:
budjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun — bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida;
budjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vazifasi uning shtatdagi o‘rinbosari zimmasiga asosiy ishdan ozod etilmagan holda yuklatilganda qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilmaydi.
Xodim tamonidan mehnat shartnomasida ko`rsatilgan o’zining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkikotda asosiy kasb va lavozim bo`yicha qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti lavozimida boshqa kasb va lavozimdagi qo`shimcha ishni bajarish bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadi.(Nizomning 20- bandi, MKning 259-moddasi.)
O’rindoshlik tushunchasining asosiy mezonlarini ajratish mumkin:
-xodimning asosiy ishi bor (yani, u yoki bu ish beruvchi bilan munosabat o`rnatgan);
-O’rindoshlik asosidagi ish asosiy ish vaqtidan tashqari vaqtlarda bajariladi;
-xodim o’rindoshlik asosida ishlash haqida mehnat shartnomasi asosida mehnat munosabatlariga kirishadi. (O’z.R. MKning 435-moddasi).
Bir necha kasbda (lavozimda) ishlash- bu qo`shimcha haq to’lanadigan ish bo`lib:1) bitta myhnat shartnomasi doiraisida: 2) doimiy xodim uchun mehnat shartnomasiga qo`shimcha kelishuv doirasida amalga oshiriladi
Bir necha kasbda ishlaganda, byudjet tashkilotlarida xizmat ko`rsatish hajmining kengayganligi, ishlar hajmining ko`payganligi uchun qo`shimcha haq to`lashning miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlanayotgan lavozim bo`yicha maoshining (ta’rif stavkasining) 50 foizidan ortiq bo`lishi mumkin emas.(Vazirlar Mahkamasi tamonidan belgilangan holatlar bundan mustasno) va byudjet tashkilotlarining mehnatga haq to`lash fondida nazarda tutilgan mablag’lar dirasida to`lanadi(Nizomning 25-bandi.)
Paxtachi tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko`rsatish
markazi bosh yuristkonsulti A.Patayev