Xodimga ish haqi saqlangan va ish haqi saqlanmagan holda ta`til berish tartibi haqida xabardormisiz?
Mehnat munosabatlarida xodimning dam olishi, sog‘lig‘ini tiklashi va shaxsiy ishlari bilan shug‘ullanishi uchun ta’til huquqi muhim o‘rin tutadi. Asosiy yillik mehnat ta’tilidan tashqari, ayrim hollarda ish haqi saqlanmagan ta’til olish zarurati tug‘ilishi mumkin.
Ish haqi saqlanmagan ta’til nima?
Ish haqi saqlanmagan ta’til – bu xodimga ish joyi (lavozimi) saqlangan holda, lekin ushbu davrda unga ish haqi to‘lanmasdan beriladigan ta’til turidir. Bu ta’til turi xodimning iltimosiga ko‘ra yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda berilishi mumkin
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 240-moddasida Xodimga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berish va uning davomiyligi to‘g‘risidagi masala har bir muayyan holda mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra hal etiladi. Xodimning unga bunday ta’til berilishiga roziligi ish beruvchiga yozma ariza berish orqali bildiriladi.Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida ish beruvchi xodimning iltimosiga ko‘ra unga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berishi shart bo‘lgan hollar nazarda tutilishi mumkin.
Mehnat kodeksining 241-moddasiga asosan Ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta’til tushuniladi.Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, karantin choralari amalga oshirilayotgan, favqulodda holat joriy etilgan davrda va butun aholining yoki uning bir qismining hayotiga yoxud normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’tilning uzluksiz yoki jamlangan davomiyligi ko‘paytirilishi, biroq ko‘pi bilan olti oygacha ko‘paytirilishi mumkin. Shuningdek Mehnat kodeksining 242-moddasiga asosan xodim talabiga ko`ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til beradi Xodimning xohishiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til quyidagilarga majburiy tartibda beriladi:
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha;
ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga;
o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) — har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha.Tashkilot xodimlariga ish haqi saqlangan va ish haqi saqlanmagan ta`til berish Amaliy jihatdan:
Xodim ish haqi saqlanmagan ta’til olish uchun yozma ariza bilan ish beruvchiga murojaat qilishi kerak.
Ish beruvchi buyruq chiqaradi.
Bu ta’tilni ijtimoiy sabablarga ko‘ra qisqa muddatda olish hollari keng tarqalgan (masalan, to‘y, motam, farzandni maktabga olib borish va hokazo).
Xulosa
Ish haqi saqlanmagan ta’til – xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi ishonch, ehtiyoj va huquqiy asoslarga tayangan muhim mehnat instituti hisoblanadi. U to‘g‘ri qo‘llanilsa, xodimning manfaatini himoya qilishga xizmat qiladi va mehnat muhitida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi.
Paxtachi tumani yuridik xizmat
ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti