Xodim ishdan ajralmagan holda o’qishi uchun qanday kafolatlar nazarda tutilgan?
Mehnat qonunchiligida ishdan ajralmagan holda oliy o’uv yurtlarida tahsil olayotgan xodimlar uchun bir qator kafolatlar va imtiyozlar belgilangan.
Ta’lim muassasalarida (barcha korxonalarda) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv rejasini (ishlab chiqarish rejasini) xodimlar va mehnat to`g’risida qonunchilik hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to’lanadigan qo`shimcha ta`tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar.
Ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o‘tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan xodimlarga ish va o‘qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.
Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida tahsil olib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlarga ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tili, qisqartirilgan ish haftasi hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan o‘zga kafolatlar beriladi.
Mehnat shartnomasi bo‘yicha ta’lim tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiyotganlarga yillik mehnat ta’tillarini ish beruvchi, ularning xohishiga ko‘ra, bakalavriat talabalari uchun davlat attestatsiyasi va bitiruv malaka ishini himoya qilish, magistratura talabalari uchun magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish vaqtiga yoxud imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga to‘g‘rilab berishi shart.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim tashkilotlarida, kadrlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarida (kurslarida) mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda o‘qiyotgan, ishga yangi qabul qilingan xodimlar uchun, agar ular o‘z yillik mehnat ta’tillarini bakalavriat talabalari uchun davlat attestatsiyasi va bitiruv malaka ishini himoya qilish, magistratura talabalari uchun magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish vaqtiga yoxud imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga moslashtirishmoqchi bo‘lsa, ularning xohishiga ko‘ra, yillik mehnat ta’tili mazkur ish beruvchidagi mehnat faoliyatining olti oyi tugaguniga qadar beriladi.
(O’z.R. MKning 383-moddasi.)
Ta`tillar bo`yicha imtiyozlar:
-Kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o’quv yurtlariga kirish uchun navbda o’n besh kalendar kundan iborat ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi, o’quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi.
-Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari:
-oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida o‘n kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa — kamida o‘ttiz kun;
-oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga — kamida o‘ttiz kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb hunar ta’limi tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.
-Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganiga nisbatan davomiyligi ko‘proq bo‘lgan o‘quv ta’tillari nazarda tutilishi mumkin.
-Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat ta’tillari ular o‘quv ta’tillaridan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.
Ish beruvchi oliy ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta’lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘lkira haqining ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorini to‘laydi. Davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun xuddi shunday miqdorda yo‘lkira haqi to‘lanadi.
-Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi ta’lim olayotganda beriladi. Mazkur kafolatlar va kompensatsiyalar, shuningdek tegishli darajadagi ta’lim olgan hamda ish beruvchi tomonidan ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan alohida kelishuvga muvofiq ta’lim olishga yuborilgan xodimlarga ham berilishi mumkin.
Ishni bir vaqtning o‘zida ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi ikki tashkilotdagi o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimga faqat ushbu tashkilotlarning birida (xodimning tanloviga ko‘ra) olayotgan ta’limi munosabati bilan kafolatlar va kompensatsiyalar beriladi.
Paxtachi tuman adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti: A.S.Patayev.