“Uch avlod uchrashuvi” doirasida tadbir o‘tkazildi
Bugun 17 fevral kuni Paxtachi tuman Nuroniy jamg‘armasining grafigiga asosan tumandagi Ko‘rpa hamda Tinchlik mahallasi hududidagi 5 umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” doirasida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Ko‘rpa, Tinchlik mahallasi “Keksalar maslahat guruhi” a’zolari, mahalladagi yoshlar, maktab o‘quvchilari, Buvijonlar guruhi a’zolari ishtirok etdilar.
Tadbirda tuman Nuroniy jamg‘armasi raisi M.Samandarov ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Davlatimiz tomonidan yoshlar uchun bugungi kunda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan gapirib, yoshlarimizga har bir daqiqadan unumli foydalanish, maktabda yaxshi bilim olish, darslarga muntazam qatnashish, ko‘proq kitoblar o‘qish, o‘zining kelajagiga befarq bo‘lmaslik, o‘z oilasini, o‘z mahallasini va albatta Vatanini sevish va uni ko‘z qorachig‘iday asrash yoshlar qo‘lida ekanligi xaqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
Tadbirda maktab ota-onalar kengashi raisi M.Qurbonnazarov, mahalla faoli U.Artiqovlar so‘zga chiqib mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi. Tadbirda 200 kishi ishtirok etdi.