insurez
07-10-2025 15:43

Uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


Paxtachi tumani Taraqqiyot mahallasidagi 18-maktabda "Keksalar haftaligi", "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Unda Taraqqiyot va Gulobod mahallalarida istiqomat qiluvchi uch avlod vakillari ishtirok etdi. Tuman Nuroniylar jamg‘armasi xodimlari, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi rahbari, mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etgan tadbir yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Keksa avlod vakillari kelajak avlodlar uchun munosib turmush sharoitlari yaratish yo‘lida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida gapirib berdi.

Tadbirda ustoz-shogird rishtalari bilan mustahkam bog‘langan uch avlod vakillari Qodirov Mamadiyor domla u kishining shogirdi Xolov Do‘stmurod domla va Do‘stmurod domlaning shogirdi uchinchi avlod vakili Habibullo Zaripovlarning hayot yo‘li namuna sifatida ko‘rsatildi.

Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi yoshlarga harbiy ta’limdan dars berib kelgan Xolov Do‘stmurod Karimovichga "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni topshirildi.

Xolov Do‘stmurod domla o‘ziga bo‘lgan e’tibor uchun minnatdorchilik bildirib, shu o‘rinda ustozi Qodirov Mamadiyor domlaga rahmat aytib, ehtirom ko‘rsatib ustozini tabrikladi. Shu o‘rinda Do‘smurod domladan ta’lim olib, Vatanga mardonavor xizmat qilgan harbiy Habibullo Zaripov ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ustozlariga o‘z ehtiromini ko‘rsatdi.

Uch avlod vakillarining hayotiy namunasi yig‘ilganlarda katta ta’sirot uyg‘otdi.

Teglar
- -