insurez
27-10-2025 15:27

To‘y va oilaviy maosimlarni ixchamlashtirish davr talabi


Paxtachi tuman Nuroniy jamg‘armasi, tuman hokimligi, tuman mahalla uyushmasi, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman diniy idora xodimlari hamkorlikda “Dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy marosimlarni ixchamlashtirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish”  yuzasidan faol nuroniylar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda tuman Nuroniy jamg‘armasi raisi M.Samandarov, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati, kotibiyat mudiri R.Magripova, tuman hokimligi din ishlari bo‘yicha mutaxassis A.Eshaliyevlar so‘zga chiqib, Beshta tashkilot tomonidan tuzilgan hamkorligidagi  90 kunlik chora-tadbirlar  davomida joylarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda nuroniylar faollik ko‘rsatib, aholi o‘rtasida to‘ylar va oilaviy marosimlarni ixchamlashtirishda bosh bo‘lish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarda so‘z yuritdilar. Bundan tashqari  yig‘ilishda 1 noyabrdan boshlab "Keksalar turizm oyligi" davomida belgilangan chora-tadbirlar  asosida Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida har bir mahallada sayohatlar tashkil etish, muzeylarga tashrif buyurish, mahalladagi keksa avlod vakillari, nogironlar, kasalmand nuroniylar holidan xabar olish, joylardagi OSHPlar bilan hamkorlikda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalalarida to‘xtalib, masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Biz👉 http://myurls.co/paxtachi

Teglar
- -