insurez
21-10-2025 15:43

TILGA E’TIBOR-ELGA E’TIBOR!


Bugungi ma’naviy tadbir ana shunday shior ostida jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudi tergov sudyasi Dilshod Eshmatov raisligida tumanning 1-sektori joylashgan binoda o‘tkazildi.


Mazkur tadbirda Prezidentimizning 2020 yil 20 oktyabrdagi «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlari belgilanganligi alohida qayd etildi.

 


Ma’naviy tadbirdan so‘ng Paxtachi tumani IIB Profilaktika inspektorlari tomonidan surishtiruv jarayonida to‘plagan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar sayyor sud tartibida ko‘rib chiqildi. Sud muhokamasi davomida barcha ma’muriy huquqbuzarlik ishlari atroflicha o‘rganilib, yakunda qarorlar qabul qilindi. Bu esa, shaxslarning qayta huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olishda katta imkoniyat yaratadi.

 


— Har qanday huquqbuzarlik va jinoyatchilik jazoga loyiq. Ayniqsa, oilaviy zo‘ravonlik va shahvoniy shilqimlik jamiyatimizda keskin qoralangan hodisalardir. Shuning uchun bunday illatlarning oldini olishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki butun jamiyat mas’uliyatli bo‘lishi zarur, — dedi jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tumani sudi tergov sudyasi D.Eshmatov.

Teglar
- -