insurez
01-08-2025 12:30

"Suv tekin emas!"


Paxtachi tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish, takroriy ekinlarni sifatli ekish, ishsiz fuqarolarni ish bilan band qilish va bozorlarni arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida "Suv tekin emas!" shiori ostida seminar o'tkazildi.

 

 

2025-yil hosildorlik mavsumi yakuni bilan tumanda jami 6268 gektardan ortiq maydonda takroriy ekinlar ekilishi rejalashtirilgan. Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ekinlar joylashtiriladi: •Sabzavot – 346 gektar; Moyli ekin – 460 gektar; •Dukkaklilar – 3082 gektar; •Ozuqa ekinlari – 2380 gektar; Mazkur rejalarni amaliyotda samarali yo‘lga qo‘yish va fermerlarga zarur ko‘nikmalarni berish maqsadida "Sultonobod Paxtakor" hududidagi “O’roq bobo fayzli dalalari” fermer xo‘jaligida amaliy seminar tashkil etildi.

Alohida faollik ko‘rsatayotgan ilg‘or fermer xo‘jaliklar: "Shomurod ota unumli yerlari", "Javohir Jasur Ozodbek", "Yashnarbek Ishdavlatov Qudrat", "Nodirjon Navro’zjon Ortiqov", "Shovxi bobo", "Usta Urin Quldoshi", "Abdullayev Do’stmurod", "Firdavs Sabrina Parvina", 'Nilufar xosildir yerlari", "Ochilova Norbuvi Shomurodovna", "Utkir chorva invest", "Abdurasul ota unumli yerlari", "Baxriddin Ro’ziyev yerlari", "Murodxon Eshon bobo", "Ne’mat Alimov", "Xosilot Farxod yerlari", "Xamroqul Normurodov", "Zulmonov Bovur yerlari", "Bonu Asal zamini" fermer xo‘jaliklaridir.

Tumanda olib borilayotgan bu kabi tizimli ishlar – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport hajmini oshirish va ichki bozorni narx-navo barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Paxtachilik dehqon va fermerlar bugungi murakkab iqlim va iqtisodiy sharoitlarda yurtimiz farovonligi yo‘lida o‘zining fidokorona mehnati bilan ulkan hissa qo‘shmoqda.

Teglar
- -