insurez
12-12-2025 17:24

Soliqlarni avtomatik hisoblash va to‘lash imkoniyati yaratildi


 Paxtachi tumanida Prezidentimizning “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 247 sonli Qarori mazmun-mohiyatini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida tuman soliq soliq inspektorlari ishtirokida targ'ibot tashviqot ishlari olib borildi.

Eslatma: 2025–2030 yillarda YaTT va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun raqamli platformalar orqali:

- Ro‘yxatdan o‘tish va faoliyatni to‘xtatish;
- Soliqlarni avtomatik hisoblash va to‘lash;
- Daromadlar asosida deklaratsiyalarni avtomat to‘ldirish;
- Bank hisobvaraq va elektron hamyonlar ochish;
- Fiskal cheklarni real vaqtda berish;
- O‘zaro pul o‘tkazmalari va hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

Eng muhim yangilik: elektron imzo talab qilinmaydi, biometriya va SMS orqali imzolashga ruxsat berilmoqa.

Teglar
- -