Samarqand viloyatida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar olib borildi
Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar davom etmoqda.
Bugun, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) shtablarining faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, energiya samaradorligini oshirish hamda energotejamkor uskunalarni o‘rnatish ishlarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, Paxtachi tumanida joylashgan yirik korxonalar faoliyati bilan tanishib, quyosh panellari va boshqa energotejamkor uskunalarni o‘rnatish, energiya resurslarini iqtisod qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tuman ishchi guruhlari tomonidan hududlardagi transformator punktlari, yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmalari, yirik korxonalar va ijtimoiy soha ob’yektlari ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.
Bu boradagi o‘rganishlar hamda amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda.