insurez
01-04-2025 10:51

Respublika tanlovi g‘oliblari eʼlon qilindi! Unda tumandoshimiz ikkinchi oʻrinni egalladi.


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Tabiat madhiyasi” (musiqa va matni uchun) tanlovi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, musiqa bo‘yicha Farhod Maqsudov (“Asrang” qo‘shig‘i) birinchi o‘rinni, Ergashjon Qodirov va Jahongir Ergashev (“Ona tabiat”) ikkinchi o‘rinni va “Trio” guruhi (Murodjon Soliyev, Iroda Sobirova va Sobirjon Suyunov ("Ona tabiat") uchinchi o‘rinni egalladi. 

She’r matni bo‘yicha esa “Tabiatni asraylik do‘stlar” she’ri bilan Zulfiya Mo‘minova birinchi,  “Tabiat madhi” she’ri bilan O‘lmasbek Samarqandiy ikkinchi, Maftuna Fozilova esa “Tabiat” she’ri bilan uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Teglar
- -