"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi
Paxtachi tumani ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhida hisobida turgan yoshlarni ijtimoiy muammolarini hal etish borasida tumanning 2 va 3 sektor rahbarlari "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"ni o‘tkazdi.
Uchrashuvda, "2025 yil Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PQ 1-son Qaror yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuvda nazoratdagi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab ijtimoiy va huquqiy savollariga javob olishdi. 3 nafar nazoratdagi shaxslar kasb-hunarga o‘qishga tavsiya etildi. Bundan tashqari, davra suhbati nazoratdagi yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishga ham qaratildi.