insurez
28-10-2025 12:30

“Qizlar kelajakni tanlaydi!”


 Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2025-yil 10-oktabrdagi 66-04/15B-159-sonli chora-tadbirlar rejasi asosida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Paxtachi tumanida “Qizlar kelajakni tanlaydi!” mavzusida yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur tadbirda ta’lim jarayoniga xalaqit bermagan holda, soha mutaxassislari ishtirokida qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni o‘z kasbini ongli tanlashga undash, shuningdek, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan suhbat va muhokamalar o‘tkazildi.

Tadbirda Paxtachi tuman Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari I. Jo‘raqulova ishtirok etib, qizlarga o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish, bilim olish va orzular sari dadil qadam tashlash zarurligini ta’kidladi.

 Qizlar – kelajagimiz, ishonchimiz va g‘ururimiz! 

 

Teglar
- -