insurez
22-01-2025 09:44

Qizamiq: Mavsumiy kasallik bo‘lib, asosan qish va bahor oylarida ko‘p uchraydi.


Qizamiq —tana haroratining ko‘tarilishi, yuqori nafas yo‘llari, ko‘z shilliq pardasi, og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi va terida qizil, yirik dog‘li toshmalar toshishi orqali belgi beradi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi virus hisoblanib, bemor yo‘talganda, aksirganda, gaplashganda tupugining mayda tomchilari havoga tushadi, keyin nafas yo‘llari orqali sog‘lom bola organizmiga o‘tadi.

Kasallikning yashirin davri 6-18 kun.

Belgilari:

— Bolaning darmoni qurib, injiq bo‘lib qoladi;

— Ishtahasi yo‘qolib, tez-tez ichi ketadi.

— Katta yoshli bolalarda bosh og‘rig‘i, qusish, burun qonashi, qorin og‘rig‘i kuzatiladi.

— Toshma toshish davrida bemor qayta isitmalamaydi, tomog‘i qizaradi. 4-6 kunga kelib o‘ziga xos qizil, yirik dog‘ toshmalar toshib bir necha soatda butun yuzga yoyiladi.

Belgilari deyarli sezilmaydigan mazkur kasallik o‘tkir boshlanib, tana harorati ko‘tariladi, quruq yo‘tal tutib, ko‘z qizarib yoshlanadi, yorug‘likka qaray olmaydi.

Yuqoridagi holatlar kuzatilgach, lunj shilliq pardasi atrofida mayda qizil-oq dog‘lar paydo bo‘ladi. Shundan 2-3 kun o‘tgach, badanga toshma toshadi. Demak, kasallikni vaqtliroq payqash mumkin.

Qizamiq 2 yoshgacha bo‘lgan, shuningdek, yosh, nimjon bolalar uchun ayniqsa, xavfli. Shu sababdan, ularni qizamiqdan juda ehtiyot qilishimiz kerak.

O‘n ikki oylikdan boshlab qizamiq, qizilchaga qarshi emlash muhim ahamiyatga ega.

Mavsumiy kasallik bo‘lib, asosan qish va bahor oylarida uchraydi.

Bemor tuzalgach, bir umrga organizmida kasallikka qarshi immunitet qoladi.

Kasallikning oldini olishda eng yaxshi vosita — profilaktik emlash hisoblanadi.

Kasallikka yuzaki qarab, davo choralari ko‘rilmasa, Zotiljam (o‘pka yallig‘lanishi), tomoqning shishi, o‘rta quloqning yallig‘lanishi (otit), ichak kasalliklari kabi asoratlar qoladi.

 

Sanepidqo‘m Paxtachi tuman bo‘limi axborat xizmat

Teglar
- -