insurez
27-01-2025 15:51

Pomidor tuganaklarida jigarrang bujmayish virus kasalligi kirib kelishi xavfini oldini olish chora tadbirlar


Ushbu o‘simlik virusi juda tez tarqalgan. O‘zbekistonda esa 2021 yil issiqxonalarda aniqlangan. Pomidorning jigarrang bujmayish kasalligi ko‘pincha pomidor va qalampirda uchraydi. Shirin qalampirda esa simptomlar yosh barglardagi tomirlarning mozaikasi, rangi o‘zgarishi, ildizning qorayishi va meva shaklining buzilishiga olib keladi. Virusning asosiy tashuvchilari pomidor va qalampir hisoblanadi. Ushbu kasallik mexanik ravishda turli xil asbob-uskuna, kiyim-kechak, qalampir va pomidor urug‘laridan tarqaladi. ToBRFV virusi bilan zararlangan o‘simlikda kasallik belgilari tezda namoyon bo‘lmaydi va o‘simliklarning turi hamda naviga, atrof-muhit va  sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Jigarrang dog‘lanish, nekrotik shikastlanish paydo bo‘ladi, yon shoxlardagi yosh barglar och yashil rangga kiradi. Bujmayish (deformatsiya), shakl o‘zgarishi, ignasimon rivojlanish yuzaga keladi, barg sirtida pufakchalar paydo bo‘ladi. O‘simlik barglari sekin-asta so‘lib, sarg‘ayadi va u butunlay qurib qoladi. Mevalarda esa och yashil rangdagi marmarsimon dog‘lanish, shakl o‘zgarishi  kuzatiladi. Hosilning bir vaqtda pishib yetilmasligi hamda xom mevalarda qora dog‘lar hosil bo‘ladi. Mevalarda jigarrang bujmaygan dog‘lar kam uchratiladi. 

ToBRFV virusi bilan zararlangan o‘simlik rivojlanishi sezilarli darajada pasayadi va boshqa kasalliklarga chalinish xavfi ortadi. Ba’zi hollarda o‘simlik butunlay nobud bo‘lishi mumkin. Pomidor navlarining barchasi ushbu virusga qarshi kurashish xususiyatiga ega emas. Mevalari sifatining pasayishi, xaridorgirligining kamayishi hisobiga mahsulot eksportiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kasallik o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishini susaytiradi hamda hosildorlikni kamaytirib yuboradi, hosildorlik 25-50 foizgacha, mevalarining hajmi 19-54 foizgacha maydalashib ketadi.  Virus mexanik vositalar bilan osongina tarqalishi sababli, kasallik epidemiyalariga qarshi kurashda va ta’sirni kamaytirishda sanitariya-gigiena amaliyotiga alohida e’tibor berish lozim. Virus issiq xonalarda ishlatiladigan assob-uskunalar yuzasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Teri va qo‘lqopda kamida ikki soat, qattiq plastmassalarda kamida uch soat, shisha, alyuminiy va zanglamaydigan po‘latda kamida bir oy saqlanib qoladi. Dezinfeksiyalovchi vositalar jismlar sirtidagi virusni yo‘qotishda samarali foyda beradi, lekin faqat bir soatdan keyin ta’sir qiladi. Plastik idishlardan virusni yo‘q qilish uchun 90 daqiqa 5°C darajasida issiq suvda (70 daqiqa  5°C) namlanadi va keyin virkon bilan ishlanadi. Xar bir pomidor va qalampir yetishtirilayotgan issiqxonada kirish qismlariga dizbarerlarni tashkil etish, ishlovchilarda maxsus kiyim va dezinfeksiyalovchi vositalar bo‘lishi lozim. 

 

O‘simliklar karantini va himoyasi

Paxtachi tuman bo‘limi xodimlari

Teglar
- -