Paxtachining eng yaxshi mahallalari aniqlandi
Paxtachi tumanida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda mahalla raislari, ko‘cha boshilari hamda eng namunali xonadon egalari o‘z mahallasida amalga oshirgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida taqdimotlar o‘tkazib, savollarga javob berishdi.
Ushbu tanlovda “Nayman” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Narzullayev Husniddin Eshmamatovich, ko‘cha boshi Muhammadiyev Faxriddin Islomovich, eng na’munli xonadon egasi Ergashev Maqsud Ne’matovichlar ishtirok etib, tanlov natijalariga ko‘ra 1- o‘rinni egallab, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma berildi.