Paxtachida "Yil ayoli" tadbiri bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib xissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, munosib taqdirlash davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli, iste’dodli ayollarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish maqsadida tuman madaniyat bo‘limida "Yil ayoli 2025" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi . Tanlovda tumanimizning yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan ayollar e’tibor ko‘rsatilib munosib taqdirlandilar.
 
                        



