Paxtachi tumanining Zulfiyachi qizlari saralandi
Bugun "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotining tuman saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda adabiyot, san’at, fan, ta’lim, madaniyat, sport, jamoatchilik va IT yo‘nalishlar bo‘icha maktab o‘quvchilari, OTM talabalari, sport maktablari o‘quvchilari va turli tashkilotlardan 42 nafar xotin-qizlar ishtirok etishdi.
San’at yo‘nalishi qatnashchisi 9-maktab o‘quvchisi Ilhomova Farangiz va 38-maktab o‘quvchisi Qalandarova Gulchiroylar jonli ijro qilishib iliq taassurotlar qoldirishdi.




