insurez
15-04-2025 15:51

Paxtachi tumanida PILLA-2025


      

         Paxtachi tumani bo‘yicha pilla klasteri «Ziyovuddin silk» MChJ bo‘lib, 2025 yil pilla hosili uchun tuman bo‘yicha 322 tonna pilla hom ashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Ushbu yetishtiriladigan 322 tonnaning 100 tonnasi «Ziyovuddin silk» MChJning o‘z kasanachilari orqali,  222 tonnasi tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekinlari ekiladigan yer maydoniga ega bo‘lgan fermer xo‘jaliklari tomonidan «Ziyovuddin silk» MChJdan pilla qurti urug‘i olib, pilla hom ashyosini «Ziyovuddin silk» MChJga topshirish orqali amalga oshiriladi.

322 tonna pilla hom ashyosini yetishtirish uchun bugungi kunda 5367 quti pilla qurti urug‘i «Ziyovuddin silk» MChJ tomonidan ochirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu pilla kurti urug‘lari 4000 qutisi Xitoy davlatidan “GUANGDONG WINTEX SUPPLY CHAIN CO. LTD” korxonasidan  va 1367 quti urug‘ mahalliy Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Karmana ipak qurti urug‘i” MChJdan olib kelingan. Tayyor bo‘lgan pilla qurti urug‘lari 16-aprel kuni tarqatish boshlandi. Bu to‘g‘risida barcha hudud fermer xo‘jaliklari va kasanachilari  mavjud MTP raislari va pilla agronomlari orqali xabardor qilinadi.

        5367 quti pillani yetishtirish uchun kamida 4000 kishi zvenochi bo‘lib ishtirok etadi. Pilla yetishtirish faoliyati kasanachilik asosida bajariladi va ish bilan band bo‘lib bir yillik ish stajiga ega bo‘ladi.  

         Tuman bo‘yicha yetishtirilgan 322 tonna pilla xom ashyosi «Ziyovuddin silk» MChJ tomonidan qayta ishlanadi va undan 33 tonna atrofida ipak tolasi olinadi. Olingan ipak tolasi chet davlatlarga eksport qilinadi. Eksport evaziga davlatimizga (33*45=1485) 1485 ming AQSh dollari kirib keladi.  

Teglar
- -