Paxtachi tumanida paxta terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik
Bugun Paxtachi tumanida viloyat hokimining oʻrinbosari B.Sh.Jabborov boshchiligida paxta terimini samarali tashkil etish maqsadida tuman masʼullari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda:
- Paxta terimini toʻgʻri tashkil etish bo‘yicha belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
- Terimchilarni moddiy rag‘batlantirish, ularning xavfsizligi va yashash sharoitlarini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.
- Har bir fermer xo‘jaligida paxta terimini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha choralar belgilandi
Paxta – yurtimiz g‘ururi. Uni terishda barcha birdek masʼul!