insurez
02-08-2025 09:30

Paxtachi tumanida fermer xoʻjaliklari ishtirokida amaliy yigʻilish oʻtkazildi


Paxtachi tumani hokimi, hokim oʻrinbosari  va tuman Fermerlar kengashi buxgalteriaya markazi rahbari Yu.Mamayusupov rahbarligida qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi tashkilotlari, klaster va fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda 2025-yil hosiliga tayyorgarlik, takroriy ekinlar samaradorligi va ilgʻor tajribalar muhokama qilindi. Tuman hududidagi 20 ta ilgʻor fermer xoʻjaligi tomonidan takroriy ekinlardan yuqori daromad olingani taʼkidlandi.

Yigʻilish davomida Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlaridan bir maydondan yiliga 2–3 marta hosil yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar” kitobchasi fermerlarga tarqatildi.

Shuningdek, quyosh energiyasida ishlovchi “ARAL 01” robot-traktori imkoniyatlari haqida maʼlumot berilib, paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, zararkunandalarga qarshi ishlovlar, biomahsulotlar tarqatish va feromon tutqichlar o‘rnatish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Teglar
- -