Paxtachi tumani yoshlar yetakchilari — viloyatda yana peshqadam!
"Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi" tanlovining Samarqand viloyat bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, quyidagi Paxtachi tumani yoshlar yetakchilari 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘l olishdi:
Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan 1-o‘rin egalari:
Xudoyqulov Elbek – “Suluvqo‘rg‘on” MFY yoshlar yetakchisi
Djabborova Namuna – “Taraqqiyot” MFY yoshlar yetakchisi
Ziyatov Javohir – “Mirza Salimiy” MFY yoshlar yetakchisi
Musurmonov Inomjon – “Shamsnazar” MFY yoshlar yetakchisi
Shuningdek, Paxtachi tumani yoshlar yetakchilari bir nechta yo‘nalishlarda faxrli 2-o‘rinlarni qo'lga kiritishdi.
Xayrullayev Asliddin – “Toshko‘prik” MFY yoshlar yetakchisi
Toxirov Feruz – “Do‘ng” MFY yoshlar yetakchisi
To‘raqulov Abror – “Jona” MFY yoshlar yetakchisi
Ushbu yutuqlar — yoshlar yetakchilarining tashabbuskor mehnati, yoshlar bilan ishlashdagi fidoyiligi, hamda mahallalarda ijtimoiy faollikni oshirishga qo‘shgan hissasining yorqin ko‘rinishidir.
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz!
Respublika bosqichida ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!




