Paxtachi tumani paxtakorlar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi
Barchamizga maʼlum, yurtimiz boʻylab paxta yig‘im-terimi davom etmoqda. Ayni kunlarda ushbu jarayon Paxtachi tumanida ham qizg‘in pallada.
Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Saidova, tuman hokimi Qayum Xushbaqov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ibodat Jo'raqulovalar paxta terimi bo'layotgan paxtazorlarda bo'lishdi.
Jumladan: "Norbo'ta Miliyevich dalasi" fermer xo'jaligi va "Paxtachi elita urugʻchilik" MChJ paxtazorlarida terimda bo'lgan xotin-qizlar bilan uchrashdilar. Hozirda 84 yoshida ham paxta dalasida terimda ishtirok etayotgan "El yurt hurmati" ordeni sohibasi, usta dehqon Narxol momo Qurbonova bilan ko'rishdilar. Dildan suhbatlashib, hol-ahvol so'rab, sharafli mehnatlarida momoga kuch quvvat tiladilar. Momoni rahmati va duolarini olishdi.
Paxtakorlar bilan uchrashuvda ilg'or terimchi, paxtakorlarga sovgʻa-salomlar ulashishdilar.