insurez
19-02-2025 13:03

Paxtachi tumani Fermerlar kengashi konferensiyasini bo'lib o'tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2025 yil 14 fevraldagi “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-22-son Farmoni  qabul qilindi. Farmonga kura O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Paxtachi tuman fermerlari kengashi etib qayta nomlandi.

Bugun 19-fevral kuni Paxtachi tumani Fermerlar kengashi konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Konferensiyada Paxtachi tumani sektor rahbarlari va tumandagi barcha tashkilot va idoralardan vakillar ishtirok etmoqda.

Birinchi masala Paxtachi tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining o‘tgan 5 yilda amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisoboti.

Ikkinchi masala – Paxtachi tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashini Paxtachi  tumani fermerlar kengashi sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida.

Hurmatli Konferensiya ishtirokchilari, Paxtachi tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining o‘tgan 5 yilda amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisoboti o‘qib eshittirildi.

 Kun tartibida  Paxtachi tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashini Paxtachi  tumani fermerlar kengashi sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida.

Paxtachi tumani  fermerlar kengashi raisi lavozimiga Urunov Bobosher Sirojevich nomzodi taklif qilinmoqda.

Mana, hurmatli Konferensiya ishtirokchilari, ko‘pchilik ovoz bilan  Urunov Bobosher Sirojevich tumani  fermelar kengash raisi etib saylandi.

Teglar
- -