Nuroniylar yashil makon loyihasida
#yashil_makon_2024
Paxtachi tuman Nuroniy jamg‘armasi tashabbusi bilan tumandagi Mirza Salimiy mahallasi xududida joylashgan 2-sonli kasb-hunar maktabida 3-sektorga qarashli Mirza Salimiy, Saroy, Xayit Elbegi, Obodon, Nurafshon mahallalarining “Keksalar maslahat guruhlari” rahbarlari va tadbirga taklif etilgan keksa nuroniylar va yoshlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21-oktyabr kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida “Yashil makon” loyihasini amalga oshirishda “Nuroniylar targ‘ibotchi bo‘lish lozim”ligi to‘g‘risidagi topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida seminar o‘tkazildi. Tadbirga taklif etilgan nuroniylar Prezidentimizning “Yashil makon” loyihasining ahamiyati to‘g‘risida yoshlarga o‘zlarining fikrlarini bildirib, ushbu loyihani amalga oshirishda yoshu-qari birdek ishtirok etish, shu Vatanning obodligi uchun hech bo‘lmaganda bittadan daraxt ekishi lozimligi, har bir oila o‘z tomorqasida kamida 10 tadan mevali daraxt ekib, yerning har bir qarichidan unumli foydalanish lozimligi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdilar. Tadbir davomida keksa nuroniylar yoshlar ishtirokida maktabning bo‘sh turgan yerlariga 200 dan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekdilar.