Murojaat
Assalomu alaykum, Aziz Paxtachiliklar hamda tumanimiz mexmonlari !
Muhtaram Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha, shuningdek, Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa bir qator muhim Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha har oy yakuni bilan “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaat” yo‘llab borilmoqda.
Shu sababdan, tumanmizning Sentyabr oyidagi kriminogen vaziyati bo‘yicha qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.
Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida sentyabr oyi davomida tuman hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan Qotillik, og‘ir TJE, Bosqinchilik, Talonchilik, nomusga tegish, avtotransportni olib qochish, kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Xodimlar tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar salmog‘i o‘tgan yilga nisbatan (51/115) 124 foizga yaxshilandi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida, sentyabr oyida
-Tumandagi 51 ta mahalladan 25 tasida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsada 6 ta yani (Istiqlol, Jaxonobod, Obodon, Qaynarbiloq, Ukrash, Xunarmand) maxallalarida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar doirasida 68 ta tezkor tadbirlar o‘tkazilib, jami 40 nafar kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir etuvchi va giyohvandlik vositalar oldi sotdisi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bilan tezkor tadbirlar o‘tkazilib, 14 nafar shaxslar qamoqqa olindi.
Tadbir davomida 35 ta giyohvandlik, 4 ta qo‘shmachilik, 40 ta foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish, 4 ta noqonuniy qurol saqlash, 6 ta pora berish, jinoyatlar aniqlandi.
25 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.
3 nafar muqaddam sudlangan, ma’muriy nazorat qonuni ostiga tushuvchi shaxslarga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatildi.
Tungi vaqtda ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz ko‘ngilochar joylarda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ygan 42 nafar shaxslarga ma’muriy chora ko‘rildi.
Ko‘chalarda avtomashinasini ochiq holatda qoldirgan, velosiped va aravachalarini, o‘z mulkini qarovsiz qoldirgan 1267 nafar shaxslar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Mahallalardagi o‘g‘irliklarning 32 foizi buyum va chorva mollarini qarovsiz qoldirilganligi oqibatida sodir etilgan bo‘lsa, 41 foizi esa xonadon va savdo do‘konlarida sodir etilgan.
Bugungi kunda, ushbu jinoyatlarni oldini olish borasida aholi orasida xonadonlar, savdo do‘konlari va boshqa ob’ektlarni qo‘riqlash markaziga ulash, ko‘cha va jamoat joylarini zamonaviy videokuzatuv kameralari bilan jihozlashning afzalliklari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli Paxtachiliklar,
Kundan kunga axborot texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan kiber jinoyatlarning yangi turlari paydo bo‘lmoqda.
Hozirda ushbu xavfdan qutulishimizning eng samarali yo‘li “kiber madaniyat”ni shakllantirish, o‘z-o‘zimizni ushbu jinoyatlardan himoya qilishni o‘rganishimiz hisoblanadi.
O‘tgan davrda kiber jinoyatlarni oldini olish maqsadida, Ichki ishlar vazirligining tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2025-yil 18-avgust kunidan 18-sentyabr kuniga qadar tuman hududida xavfsiz kibermakon tezor profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi natijasida, tegishli soha vakillari bilan joylarda 38.820ga yaqin targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi. 4666 ta Buklet/Flayerlar tarqatildi.
Olib borilgan targ‘ibotlar natijasida birgina sentyabr oyini o‘zida 2 ta o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 taga kiber jinoyatlar qayd etilib, kamayishiga erishildi. Ularning asosiy qismini kiber firibgarlik (2 ta) tashkil qiladi.
Ushbu jinoyatlarda fuqarolarimizning o‘zi plastik kartasi kodini jinoyatchilarga berganligi, internet orqali onlayn savdolarni amalga oshirishda pul mablag‘larini oldindan o‘tkazib berganligi hamda boshqa turdagi kiber jinoyatlarga aldanganligi ma’lum bo‘ldi.
Agarda sizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz so‘ralsa yoki bank kartangizga hujum bo‘layotganligi aytilsa, bankning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib holatga oydinlik kiritishingiz shart.
Hurmatli fuqarolar !
Tumanimizda qayd etilgan jinoyatlarning deyarli oltinchisini firibgarlik jinoyatlari tashkil etmoqda.
Mahallalardagi firibgarliklarning 40 foizi chet elga yuborish, ishga va uqishga va oldi berdi masalalarida sodir etilgan.
Bugungi kunda, ushbu jinoyatlarni oldini olish uchun aholi orasida xonadonlar, savdo do‘konlari va boshqa tashkilotlarda, ko‘cha va jamoat joylarini firibgarlik qurboni bo‘lib qolishini oldini olish maqsadida 284 marotaba targ‘ibot ishlari olib borildi.
Yana bir qator muhim yo‘nalishlarga ham ALOHIDA TO‘XTALMOQChIMAN.
-Jamoat transportida, aholi gavjum joylarda, bozorlar va serqatnov ko‘chalarda hamyon va shaxsiy buyumlaringizga e’tiborli bo‘ling !
-Oson pul topishni targ‘ib qilayotgan firibgarlarga ishonib qolmang, o‘zingizni va yaqinlaringizni kiber tahdidlardan asrang !
Hurmatli Paxtachiliklar,
Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar, aniq vazifalar belgilab olganmiz.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda har doim Siz aziz fuqarolarimizga ishonamiz.
Murojaatim yakunida, har doimgidek Siz azizlarni yana bir bor hushyorlikka chaqiraman.
O‘z oilamiz, o‘z mahallamizni o‘zimiz asraylik !
E’tiboringiz uchun rahmat!
 
                        



